TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #659

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia82,700Liczba wyświetleń posta
Opublikowano25 gru25.12.2024, 15:30
Treść

Treść posta

​​UXLAMA, ​​ABITURIYENT! Hoy abituriyent uxlama, Yengilmagin g'aflatga. Yaqin qoldi imtihon, Qolib ketma kulfatga. Ota-onang sen uchun, Ishlamoqda tinmayin. Uxlolmaydi tunlari, Dam neligin bilmayin. O'ylayapsan o'zingcha, "Yiqilsam ne bo'lardi, Baxtimga dadam borku Kontraktim to'lardi". Agar budjetga o'tsang Otang hafa bo'larmu? Yoki mushtipar onang Baxtsiz bo'lib qolarmu? Yigitlar hayolingiz, Olmoqda qizlar balki. Qalamqoshlar, zebolar Hoy-havasku shunchaki! Hoy, uzunsoch ishonma, Alpqomatning so'ziga. O'qishga o'tib ketsa, Ko'rinmaysan ko'ziga. Yaxshisi har biringiz, O'ylangiz imtixonni. Keyin topib olarsiz, Alpqomat-u, jononni!!! To'g'ri vaqtimiz ham, Oz qoldi o'zi juda. Shularni ham o'ylab SIZ, Vaqt o'tkazmang bexuda. Bilmingizga ishoning, To'ldiring kamingizni. Axir birov (sizni) o'ylamas, Bilmaydi g'amingizni. Mehnat qilgan albatta, Yetadi murodiga. Rahmatlar keltiradi, Avlod-u ajdodiga. Hali ko'o'o'p yozardimu, Dars tayyorlash kerakda. Shoirlik bir kasallik, Bo'sh vaqtda ermakda. Xullas har biringizga, OMAD tilab qolaman. Inshaalloh sizlarni, Poytaxtda kutvolaman! Abituriyentlarga ulashib qo'ying! ✅@talimuz