Treść posta
⚡️Talabalar kontrakt to‘lovining 35 foizi Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berilishimumkin “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarning kontrakt to’lovining 35 foizi to’lab berilishi belgilangan. ❗️Unga ko’ra, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar Ittifoqning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashgan taqdirda Ittifoq tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlanadi. Kimlarga moddiy yordam beriladi? ➖ bakalavriat va magistratura bosqichlarida to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga; ➖ Davlat komissiyasining qarori asosida qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilingan talabalarga ikkinchi bosqichdan boshlab. 📃Shuningdek, talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash ular tomonidan shartnomada belgilangan to‘lov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi. ❌ Quyidagi holatlarda talabalarga moddiy yordam berilmaydi: ➖ikkinchi mutaxassislik, sirtqi va kechki ta’lim shaklida o’qiyotgan talabalarga; ➖ Harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanoma bilan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan va Ittifoq tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilayotgan talabalarga. ✅@talimuz