TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #756

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia69,100Liczba wyświetleń posta
Opublikowano22 lut22.02.2025, 11:13
Treść

Treść posta

⚡️Milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi 2025-yil 25–26-yanvar kunlari o‘tkazilgan kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. 📑 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. ✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: 🔸 A+, A darajali sertifikat uchun— tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; 🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball. ❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi. ✅@talimuz