Treść posta
⚡️Maksimal ball bu yil ham 189.0 bo'ladi; 2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi). 💬Unga ko‘ra: ➡️Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan: ➖ Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta; ➖ Matematika x 10 ta; ➖ O‘zbekiston tarixi x 10 ta; ✅30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball. ➡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan: ➖ 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball ➖ 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball ✅60 ta savoldan jami 156,0 ball. ■ 2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball –189 ballni tashkil etadi. 🤖Talababop – Talabalar uchun! ✅@talimuz