Treść posta
⚡️Rasman:Texnikumlarning 2025-2026 o'quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlandi 🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2025/2026 o‘quv yilida 599 ta texnikumga 370 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllarida jami311 009 ta qabul kvotasi tasdiqlandi. Shundan: ➖ davlat granti asosida — 205 729 ta; ➖ to‘lov-kontrakt asosida — 105 280 ta. Shu bilan birga, xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilishi belgilangan 14 ta texnikumga jami 1680 nafar o‘quvchini davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish belgilandi. Qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun 515 ta texnikumga jami 139 245 ta kvota(to‘liq davlat granti), 11-sinf bitiruvchilari uchun esa 549 ta texnikumga jami 171 764 ta kvota(shundan 66 484 ta grant) ajratilgan. 🤖Talababop – Talabalar uchun! 📊DTMStat – Abituriyentlar uchun! ✅@talimuz