Treść posta
⚡️Xususiy oliygohlarda kontrakt narxlari sirtqi ta'lim yopilgani uchun ko‘tarilishi kutilmoqda 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatiladi. Endilikda universitetlar kunduzgi talabalar sonining 50 foizigacha kechki yoki masofaviy ta’lim shakliga abituriyent qabul qilishi mumkin xolos. Bu o‘zgarishlar xususiy OTMlar faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, sababi: • Hozirda kunda O‘zbekistonda 71 ta xususiy universitet bor; • U yerdagi 508 720 nafar talabaning 361 461 nafari (ya'ni 71%) sirtqi ta’lim shaklida tahsil oladi. Natijada sirtqi ta'lim shakli yopilishi ortidan xususiy universitetlar harajatlarni qoplash uchun shartnoma narxlarini oshirishi mumkin. ✅@talimuz