TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #863

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia49,600Liczba wyświetleń posta
Opublikowano28 maj28.05.2025, 13:03
Treść

Treść posta

3️⃣3️⃣3️⃣ SIUTda 2025/2026 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda! 😍 Yorqin kelajakni hozirdan boshla! Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriatning quyidagi 15 yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlari asosida abituriyentlar qabulini e’lon qiladi: ⚙School of Engineering – Geologiya muhandisligi (Geological Engineering) – Konchilik ishi (Mining) – Neft va gaz muhandisligi (Petroleum Engineering) – Kimyo muhandisligi (Chemical Engineering) 🇫🇷French Higher School of Engineering and Commerce – Geologiya muhandisligi (Geological Engineering) – Konchilik ishi (Mining) – Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management) 🇨🇳 Chinese Institute of Electric Power (CIEP) – Issiqlik energetikasi (Energy and Power Engineering) ➕ Ushbu dastur doirasida Xitoyda tahsilni davom ettirish va “double diploma”ga ega bo‘lish imkoniyati mavjud. 🇰🇷Korean Institute of Technology and Culture (KITC) – Qayta tiklanadigan energiya (Renewable Energy) – Dizayn (Design) – Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) ➕ Dastur Koreya Respublikasida o‘qishni davom ettirish va “double diploma” olish imkonini beradi. 🤖School of Computing – Sun’iy intellekt (Artificial Intelligence) – Kiberxavfsizlik (Cyber Security) 📈Business School – Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management) – Xalqaro logistika (International Logistics) 📅Hujjatlar topshirish muddati — 2025-yilning 15-iyuligacha! ➕Ro‘yxatdan o‘tish offlayn va onlayn shaklda amalga oshiriladi. 💼Kerakli hujjatlar: – Pasport nusxasi (yashash joyi qayd etilgan sahifasi bilan) yoki ID karta nusxasi (PDF) – Attestat / diplom yoki maktabdan ma’lumotnoma (PDF) – 3,5x4,5 formatdagi fotosurat (JPG) – SAT va/yoki IELTS/TOEFL sertifikatlari (agar mavjud bo‘lsa) ⌨Hali bitiruv sinfda oʻqiyotgan oʻquvchilar tahsil olayotgan oʻqish joylaridan berilgan tegishli ma’lumotnomani attestat oʻrniga taqdim etishlari mumkin. Ular maktabni tugatganlaridan keyin attestatlarini qabul komissiyasiga taqdim etishlari talab etiladi. 🎓Batafsil 📞Murojaat uchun: +998557055005 📍Manzil:O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 270