Treść posta
⚡️ Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi 📆 2025-yil 1-iyun(yakshanba) kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon(diktant) o‘tkaziladi. 📍 Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 1 smenada tashkil etiladi. 👨🏻💻 Talabgorlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini https://my.uzbmb.uz/service/63 havolasi orqali bilishi va abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishi mumkin. ❗️ Talabgorlarni kiritish 8:30 dan 9:30 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma orqali amalga oshiriladi. 9:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. ✅@talimuz