TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #870

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia65,500Liczba wyświetleń posta
Opublikowano4 cze04.06.2025, 09:32
Treść

Treść posta

⚡️Xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar 8-iyungachaqabul qilinadi 30-maydan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarni OTMga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish jarayoni boshlandi. ❓Ariza qanday topshiriladi? Talabgorlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining axborot tizimi — https://tavsiyanoma.ijro.uz orqali 30-maydan 8-iyunga qadar onlayn ariza qoldirishlari lozim. ❓Tavsiyanoma kimlarga beriladi? ➖ Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga; ➖ Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga; ➖ Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga; ➖ 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga; ➖ Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga; ➖ Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga. ✅@talimuz