Treść posta
⚡️Yaxshi yangilik:Xususiy maktab ochganlarga yengilliklar berilmoqda! 🇺🇿 Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-49-son, 31.01.2024-yil) ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan: ➖ nodavlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi; ➖ nodavlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o‘zining bino va inshootlarida umumiy o‘rta taʼlim faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ushbu taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi; ➖2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslarga o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning foyda solig‘ini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi. ✅@talimuz