Treść posta
🤝 O‘zining yorqin kelajagini bunyod etishni istaganlar uchun IT bo‘yicha bepul ta’lim School 21 – bu zamonaviy raqamli texnologiyalar maktabi bo‘lib, unda barcha xohlovchilar IT sohasida karyera boshlashi mumkin. Bu yerda mentorlar va ma’ruzalar o‘rniga faqat amaliyot, jamoaviy ish va haqiqiy vazifalar mavjud. Eng muhimi – ta’lim mutlaqo bepul. 👨💻 Kimlar qatnashishi mumkin? IT sohasida ta’lim olish va rivojlanishni istaydigan barcha 17 yoshdan oshganlar. 💡School 21 qanday imkoniyatlarni taqdim etadi: — IT yo‘nalishidagi eng talabgir yo‘nalishlar bo‘yicha 6 oydan 3 yilgacha amaliy ta’lim — moslashuvchan jadval va kampusdan 24/7 rejimda foydalanish imkoniyati — Toshkent va Samarqandda qulay sharoitlarga ega kampuslar — haqiqiy loyihalar va haq to‘lanadigan amaliyot — davlat namunasidagi diplom Bu yerda siz dasturchi, sinovchi, tahlilchi yoki kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis bo‘lishingiz hamda mamlakatning yoki dunyoning istalgan nuqtasidan turib ishlashingiz mumkin. 📅 Eng yaqin saralash «hovuzi» 7-iyuldan boshlanadi. Hujjat topshirishning so‘nggi muddati – 2-iyul. 🍂 Kuzgi saralash «hovuz»lari 29-sentabr va 10-noyabrda rejalashtirilgan. 🌐21-school.uz orqali batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish mumkin. 👉 RO'YXATDAN O'TISH