TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #936

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia41,900Liczba wyświetleń posta
Opublikowano4 lip04.07.2025, 12:59
Treść

Treść posta

Ikkinchi mutaxassislikka qabul 10-iyuldan boshlanadi 🇺🇿 Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin. ✅ Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi. Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi. Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi. ❌Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o'qishga topshirmoqchi bo'lgan oliy ta'lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin. ✅@talimuz