Treść posta
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi #abituriyent Test sinovlariga kirish uchun abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨🏻💻 “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin (Qayd varag‘i degan sahifada yuklab olish tugmasi paydo bo‘lgan). Yoki shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport(ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ✅@talimuz