TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Treść
Treść posta
❗️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga! Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan. 👨💻 Ushbu toifadagi abituriyentlar 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. ✔Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi. 🗓 Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi. 💾 Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini yuklab olish. ✅@talimuz