TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #955

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia34,800Liczba wyświetleń posta
Opublikowano11 lip11.07.2025, 06:57
Treść

Treść posta

Bu yil akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi Qabul jarayonlari kecha, 10-iyul kuni yakunlandi. 9-sinf bitiruvchilari tomonidan jami 49 ming 362 ta ariza yuborildi. ✅ 9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul davom etmoqda. Bugungacha 134 ming 568 ta ariza kelib tushgan. Qabul 20-iyulgacha(shu kuni ham) davom etadi. ✅ Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha 1 ming 370 ta ariza kelib tushgan. Turdosh yoʻnalishlar roʻyxati bu yerda. Qabul 25-iyulgacha davom etadi. ✅ Magistraturaga arizalar qabuli davom etmoqda. Bungacha 6 ming 373 ta ariza kelib tushgan. Qabul 30-iyulgacha(shu kuni ham) davom etadi. ✅ Ikkinchi mutaxassislikka qabul kecha tunda ochildi. Bungacha 2 ming 70 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10-avgustga qadar(shu kuni ham) davom etadi. ⛔️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli 15-iyuldan boshlanib, 5-avgustgacha davom etadi. #Qabul2025 ✅@talimuz