TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #956

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia42,400Liczba wyświetleń posta
Opublikowano11 lip11.07.2025, 14:05
Treść

Treść posta

⚡️14-iyulidan 23-iyuligacha davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari tashkil etiladi 📊671.397 nafar abituriyent testgakiradi! 📈143.356 nafari sertifikatgaega! ❌678 nafarida 5 ta fandan ham bor! ⛔️3.370 ta sertifikat soxta bo'lib chiqdi! Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi. ✅ 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyungacha onlayn tarzda amalga oshirildi. Bu davr mobaynida respublika bo‘yicha jami 671 397 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 426 685 nafari (63,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 244 712 nafari (36,4 %) esa oldingi yillar bitiruvchilari hisoblanadi. 🔠Abituriyentlarning 53,8 foizini (361 019 nafar) xotin-qizlar, 46,2 foizini (310 378 nafar) erkaklar tashkil etdi. 🔠Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarga 39 307 nafar abituriyent hujjat topshirdi. 🔠Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida taqdim etilgan xalqaro sertifikatlar tizimli ravishda ko‘rib chiqildi. Natijada 18 854 ta sertifikat haqiqiy deb topildi va tan olindi. 3 370 ta sertifikat esa belgilangan talabga javob bermagani sababli rad etildi. 🔠Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 678 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi. 2024-yilda bunday imkoniyatdan atigi 1 nafar abituriyent foydalangan edi. 🔠85 140 nafar abituriyent umumta’lim fanlaridan, 58 216 nafari esa chet tillaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekani aniqlandi. Bu ko‘rsatkichlar 2024-yilda mos ravishda 13 180 va 44 834 nafarni tashkil etgan. 🔠Joriy yildan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan yo‘nalishlarga faqat til sertifikatiga ega abituriyentlar qabul qilinmoqda. Bu talablarga mos kelgan abituriyentlar soni 22 041 nafarga yetdi. ✅@talimuz