Treść posta
“Hokim Olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasi yakunlandi Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari doirasida voleybol bo‘yicha o'g'il bolalar o'rtasida “Navoiy viloyati hokimi Olimpiadasi” bellashuvlari yuqori saviyada tashkil etildi. Viloyatimizning tuman va shaharlaridan kelgan jamoalar o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslarda maydonga tushib, jamoaviy hamjihatlik hamda g‘alabaga intilish borasida munosib ishtirok etdilar. Yakunda o‘g‘il bolalar o‘rtasida: 1-o‘rin — NOPSTTM jamoasi 2-o‘rin — Konimex tuman sport maktabi jamoasi 3-o‘rin — Zarafshon shahar sport maktabi jamoasi G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar. @ZarafshonIIB