TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Zarafshon IIB Rasmiy kanal
Zarafshon IIB Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #16381

@ZarafshonIIB

Zarafshon IIB Rasmiy kanal

Wyświetlenia348Liczba wyświetleń posta
Opublikowano21 maj21.05.2026, 13:22
Treść

Treść posta

Navoiy viloyatida kuzatilgan sel-suv oqimlari toʻgʻrisida maʼlumot Bugun, 21-may kuni soat 13:45 dan 15:40 ga qadar Navoiy viloyatining Xatirchi, Karmana va Nurota tumanlarining togʻli va togʻ oldi hududlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida sel-suv oqimlari yuzaga kelgan. Xususan, Xatirchi tumanida avtomobil yo‘lining bir qismi xarsang toshlar bilan toʻsilib qolishi natijasida 4 ta "Nexia-1", "Cobalt", "Nexia-3" va "Uaz-469" rusumli avtomobillar va bir nechta uy-joylar sel oqimlaridan zarar koʻrgan. Aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida Angidon, Langar, Kattasoy va Maydon soylari yaqinida yashovchi fuqarolar vaqtinchalik xavfsiz hududga koʻchirilgan. Karmana tumanida sel suvlari 7 ta aholi xonadonining tomorqa maydoni va qo‘shimcha qurilmalariga kirgan. Nurota tumanining ayrim hududlarida ham sel oqimlari qayd etilgan. Sel suvlari sel yoʻllaridan zararsiz oʻqib oʻtgan. Vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida jami 37 ta maxsus texnika va 173 nafar shaxsiy tarkib jalb etilgan. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, aholi xonadonlari, ijtimoiy infratuzilma obyektlari va kommunikatsiya tarmoqlariga jiddiy zarar yetmagan. Tan jarohati olgan fuqarolar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan. Hozirda Navoiy viloyati FVB hamda FVDT xizmatlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, vaziyat oqibatlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda vaziyat to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, hududlarda monitoring ishlari davom ettirilmoqda. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook |📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com