TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Zarafshon IIB Rasmiy kanal
Zarafshon IIB Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #16387

@ZarafshonIIB

Zarafshon IIB Rasmiy kanal

Wyświetlenia388Liczba wyświetleń posta
Opublikowano22 maj22.05.2026, 07:24
Treść

Treść posta

Zarafshon shahar IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatiga yangidan qabul qilingan yosh xodimlarni xizmatga moslashtirish maqsadida Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ Markaziy kon boshqarmasining O‘quv markaziga qarashli “Muzey”ga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida muzeyda saqlanayotgan Zarafshon vohasi hududidan topilgan qadimiy eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, muzeyda konchilik sohasi rivojlanishining ilk bosqichlari, Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyatining tarixiy jarayonlari, ishlab chiqarishda foydalanilgan eski texnikalar, hujjatlar va fotosuratlar bilan ham tanishildi. Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar xodimlarning tarixiy bilimlarini boyitish va yurtimiz taraqqiyotiga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. @ZarafshonIIB