TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Fortuna
Fortuna avatar

TGINSIGHT POST

Post #58

@drfortuna

Fortuna

Wyświetlenia60Liczba wyświetleń posta
Opublikowano1 lip01.07.2025, 12:38
Treść

Treść posta

Diktatura Borlig'imga yoyildi afyun, yurak - kenglik quyilgan idish. Bu zindonda qolishdan naf yo'q, kechish kerak va yana ketish. Dum-dumaloq osmondan to’ydim, egiz kunlar tutmish gulchambar. Ko'pdan beri yashamay qo'ydim - hayot kerak yangi o'lchamda. Tusayapti ruhim sahroni, nilufarman, botqoqdan bezdim. G'uj-g'uj pashsha, balchiq har yonim, suvpari go'l, baqalar hezdir. Ko'nikkanlar, alvido sizga, yutmasidan qalbimni nahang, Men ketaman ildizim izlab - o'tish yo'li qabr bo'lsa ham! Jontemir Jondor