TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Amerika Ovozi avatar

TGINSIGHT CHAT

Amerika Ovozi

@voauzbek

News and media

"Amerika Ovozi" teleradiosining rasmiy kanali Sayt: www.amerikaovozi.com Facebook: https://www.facebook.com/amerikaovozi YouTube: https://www.youtube.com/c/AmerikaOvozi Odnoklassniki: ok.ru/amerikaovoziuzbek Instagram: https://www.instagram.com/ameri

Subskrybenci1,500Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty1,000Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg47,199Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 1 z 84 · 1,000 postów

Opublikowano 21 sty

AQShning 47-prezidenti sifatida qasamyod keltirgan Donald Tramp lavozimining ilk kunida o’nlab farmonlarga imzo chekdi. U farmonlarning bir qismini yopiq sport arenasida tarafdorlari bilan o’tgan uchrashuv paytida imzoladi. Qolganiga Oq uydagi Oval ofisida jurnalistlar huzurida qo’l qo’ydi. Tramp prezidentligining ilk kunida imzolangan farmonlar orasida Bayden davrida qabul qilingan o’nlab farmonlarni bekor qilish, AQShni Parij iqlim kelishuvidan chiqarish, federal agentlik xodimlarini haftada besh kun ofisdan ishlash rejimiga o’tkazish, janubiy chegarada favqulodda holat e’lon qilish, 6-yanvar isyonida qatnashgani uchun javobgarlikka tortilgan namoyishchilarni kechirish kabi choralar bor. @voauzbek

5,730 views

Opublikowano 21 lis

AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi Rossiyaning xalqaro moliya tizimidan foydalanishini cheklash bo'yicha "Katta yettilik" tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarishda yana bir muhim qadam tashladi. Boshqarma Gazprombank, xalqaro aloqalarga ega 50 dan ortiq Rossiya banklari, 40 dan ortiq Rossiya qimmatli qog'ozlar registratorlari va 15 Rossiya moliya xodimlariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilindi. Shuningdek, Kreml tomonidan yaratilgan va sanksiyalardan qochish uchun foydalaniladigan Rossiyaning Moliyaviy xabarlarni uzatish tizimiga (SPFS) nisbatan ham sanksiyalar qo'llanilishi mumkinligi haqida ogohlantirish e'lon qilindi. @voauzbek

6,670 views

Opublikowano 9 lis

Xamas va Isroil muzokaralar stoliga qaytishga "samimiy tayyorligini" ko'rsatmaguncha, Qatar G'azoda sulhga erishish bo'yicha kelishuvga vositachilik qilishni to'xtatishini ma'lum qildi. Fors ko'rfazi mamlakatiga ko'ra, Xamasning Doxadagi siyosiy idorasi "ortiq o'z maqsadi yo'lida xizmat qilmayapti". @voauzbek

5,340 views

Opublikowano 9 lis

Pokiston janubi-g‘arbidagi temir yo‘l vokzalida xudkush terrorchi o‘zini portlatib, kamida 24 kishi, jumladan, askarlar va temir yo‘l xodimlarini o‘ldirgan. 50 ga yaqin odam yaralangan. Balujiston ozodlik armiyasi bo‘lginchi guruhi hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Taqiq ostidagi bu tashkilot uzoq yillardan beri hududni Islomobod nazoratidan chiqarish uchun kurashib keladi. @voauzbek

4,620 views

Opublikowano 23 paź

Bangladesh prezidenti sobiq bosh vazir Shayx Hasinaning avgust oyidagi iste’fosini so'roq ostiga olishi ortidan mamlakatda yana norozilik harakati kuchaydi. Talabalar guruhi endi prezidentni ham iste'fo berishga chaqirmoqda. Talaba namoyishchilar Prezident Muhammad Shahobiddinni Hasinaning “fashistik” rejimi bilan hamkorlikda aybladi. Diskriminatsiyaga qarshi talabalar harakati Shahobiddinga iste’foga chiqishi uchun ikki kunlik muddat belgiladi. @voauzbek

4,280 views

Opublikowano 1 paź

Eron Isroilga o'nlab raketa bombalarini yog'dirdi. Hujum ortidan Tehron Isroilning bir qator xavfsizlik va harbiy obyektlari nishonga olingani haqida bayonot chiqardi. Qurbonlar va yetkazilgan zarar haqida hali aniq ma'lumot yo'q. Eron hujumi Yaqin Sharqda bir yildan beri davom etayotgan qonli mojaroning yanada keskinlashayotganini ko'rsatadi. Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant bilan telefon suhbatida AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Isroilning Eron, Hizbulloh, G'azoda joylashgan Xamas hamda Yamandagi hutiylar va Eron tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan boshqa guruhlarga qarshi o'zini himoya qilish huquqini AQSh qo'llab-quvvatlashini tasdiqladi. Isroil Eron hujumiga munosib javob berilishini aytmoqda. @voauzbek

4,070 views

Opublikowano 28 wrz

Livanning Hizbulloh guruhi tashkilot rahbari va asoschilaridan biri Hasan Nasrulloh Bayrutda Isroil havo hujumida halok bo‘lganini tasdiqladi. Ushbu hujumda guruhning yana boshqa qo'mondonlari, shuningdek, Eron Inqilobiy gvardiyasining taniqli generali Abbos Nilforushan ham halok bo'lgan. Hizbulloh "dushmanga qarshi va Falastinni qo'llab-quvvatlash uchun muqaddas urush davom etishini" e'lon qildi. @voauzbek

3,860 views

Opublikowano 27 wrz

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Turkmaniston xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi. "27-sentabr - Turkmaniston xalqi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati nomidan tabriklayman" - dedi u. Blinken o'z tabrigida AQSh Turkmanistonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo'llab-quvvatlashda davom etishini ma'lum qiladi. "Biz zararli gaz chiqindilarini kamaytirish, barqaror mehnat va qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish, mintaqa bo‘ylab xavfsizlikni mustahkamlash, inson huquqlarini ilgari surish, ta’lim va madaniyat almashinuvlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorligimizdan mamnunmiz. Kelgusi yillarda mamlakatlarimiz xalqlari do‘stligi yanada mustahkamlanishini intiqlik bilan kutamiz", - dedi Blinken. @voauzbek

3,820 views

Opublikowano 27 wrz

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi “mamlakatning shimoliy hududlarida murakkab vaziyat vujudga kelayotgani”ni e’tiborga olib, vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi. Diplomatik vakolatxona Isroildagi O‘zbekiston fuqarolariga shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rish, zaruriyatsiz ko‘chaga chiqmaslik, ko‘ngilochar muassasalarga bormaslik va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etgan. @voauzbek

2,009 views

Opublikowano 26 wrz

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, agar yadroviy davlat bo‘lgan har qanday G‘arb mamlakati Rossiyaga qarshi hujumda Ukrainaga yordam bersa, bu “Rossiya Federatsiyasiga qo‘shma hujum” sifatida baholanishini aytdi. Putin anchadan beri, agar AQSh va NATO Ukrainaga Gʻarb tomonidan yetkazib berilgan uzoq masofali qurollarni Rossiyaga qarshi ishlatishga ruxsat bersa, bu harakat Rossiya va NATO davlatlari oʻrtasida urush eshigini ochishi mumkinligi haqida ogohlantirib keladi. @voauzbek

2,610 views

Opublikowano 25 wrz

BMT Bosh Assambleyasining yillik yig'ini ochilishida G'azodagi urush va uning Livanga tarqalishi asosiy muhokama mavzularidan biri bo'ldi. “G’azo tinimsiz dahshat ichida; butun mintaqani o’z domiga tortish xavfi bor, - dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish. - Biz hammamiz keskinlikdan xavotirda bo'lishimiz kerak. Livan jar yoqasida. Livan xalqi, Isroil xalqi va butun dunyo xalqlari Livanning ham G'azoga aylanishiga dosh bera olmaydi". Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog'an ham o'z nutqida G'azoga alohida e'tibor qaratib, Isroilni keskin qoraladi. “...Isroil hukumati asosiy inson huquqlarini toptamoqda; imkoniyat bo'lishi bilan xalqaro huquqni oyoq osti qilib, etnik tozalash, millatga va xalqqa qarshi ochiq genotsid amalga oshirmoqda”, - dedi Erdog‘an. U butun dunyoni Bosh vazir Benyamin Netanyaxuni to‘xtatishga chaqirdi. “70 yil avval Gitlerni insoniyat ittifoqi to‘xtatganidek, Netanyaxu va uning qotillik tarmog‘ini ham insoniyat ittifoqi to‘xtatishi kerak”, — dedi Turkiya prezidenti. @voauzbek

2,100 views

Opublikowano 23 wrz

AQSh Livandagi Isroil va Hizbulloh kuchlari o'rtasida zo'ravonliklar keskin oshgani munosabati bilan Yaqin Sharqqa oz sonli qo'shimcha qo'shin yuborishga qaror qildi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi general-mayor Pet Rayder xabar berdi. AQShning yuqori martabali mulozimlaridan birining “Amerika Ovozi”ga aytishicha, qo’shinlar soni o’nlab kishidan iborat bo’ladi va ularning asosiy vazifasi, agar kattaroq mintaqaviy urush boshlansa, AQSh fuqarolarini ko'chirishga ko'maklashishdan iborat bo'ladi. @voauzbek

2,090 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
PoprzedniaStrona 1 z 84Następna