TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
مینځپانګه
د پوسټ مینځپانګه
#PHYSICS 🫧"Mehrli maktab" da fizika fanini o'qitish, avvalambor, o'quvchilarni zamonaviy fizika yutuqlari bilan tanishtirishni, hamda o'quvchilar ongida tabiiy -ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni taqozo qiladi. 🌊Fizika tabiatdagi hodisa va voqealarni hamda ularning qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. "Mehrli maktab " da fizika fanini o'qitishda yangi shakl va uslublarini faol joriy etish ham maqsadga muvofiqdir. 🌈Shu maqsadda o'quv jarayonida zamonaviy AKTdan foydalanish samarali natija bermoqda. O'quv mashg'ulotlar davomida "Birligini top!", "Xotira mashqi", "Olimlar gulshani", "Kamalak ranglari", "Formula daraxti", "Kashfiyotlar shahri" metodlaridan foydalanib darslar tashkil etiladi. Instagram Facebook Twitter