TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Comping_Uz
Comping_Uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #4715

@Comping_Uz

Comping_Uz

Qhawasqakuna3,460Qhawasqa yupay
Riqchachisqa7 Oct07-10-2025, 01:49 p.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

📎Microsoft Windows 11’ni faqat Microsoft hisob qaydnomasi orqali o‘rnatishni majburiy qiladi Hozirgacha Windows 11’ni o‘rnatishda Microsoft hisobiga kirishni rad etishning oson yo‘li mavjud edi. Bu foydalanuvchilarga reklamalardan, BitLocker’dan va OneDrive’ga zaxira nusxalashdan qutulish imkonini berardi. Biroq, Microsoft buni yoqtirmaydi va kompaniya qoidalarni qat’iylashtirmoqchi: Biz Windows’ni o‘rnatish jarayonida (OOBE) mahalliy hisob yaratishning ma’lum mexanizmlarini olib tashlayapmiz. Ushbu mexanizmlar ko‘pincha Microsoft hisobini chetlab o‘tish uchun ishlatilgan, ammo ular shuningdek, muhim sozlamalar ekranlarini o‘tkazib yuborishga olib keladi va foydalanuvchilar OOBE jarayonini to‘liq sozlanmagan holda yakunlashlari mumkin. Kompyuterni to‘g‘ri sozlash uchun foydalanuvchilarga internetga ulanish va Microsoft hisobi kerak bo‘ladi. ⚙ Kelajakda bu cheklovlarni chetlab o‘tish usullari paydo bo‘lishi mumkin, chunki masalan, Windows 11 IoT LTSC versiyasiga bunday yangilik ta’sir qilmaydi. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 📍 Manzil: [ Kichik halqa yo'li 8A ] ⏰ Ish vaqti: [10:00 dan 20:00] 📞 +998332332030 đŸ””@cyberwarriorboy ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ đŸ””TelegramđŸ“·InstagramđŸŸ„Youtube