Willakuy ukhu
📎Nega ba’zi monitorlar boshqalarga qaraganda ancha silliq ko‘rinadi? O‘yin o‘ynayotganda yoki shunchaki Instagramda Reels ko'rayotganingizda ekrandagi harakat ba’zan judayam ravon tuyuladi. Buning nomi — Refresh Rate (Yangilanish chastotasi,Hz) ➖Refresh rate nima o‘zi? Bu — ekranning 1 soniyada tasvirni nechta marta yangilashi. Masalan: 60Hz — 1 soniyada 60 marta yangilanadi 144Hz — 144 marta 240Hz — 240 marta Ko‘proq yangilanish = ko‘proq silliqlik. Bu xuddi flipbook animatsiyasiga o‘xshaydi: varaqlar tez o‘zgarsa, harakat ham silliq ko‘rinadi. 🖲️Qayerda seziladi? ➡️O‘yinlarda harakatlar aniqroq bo‘ladi ➡️Tez sahifa aylantirganda ko‘z charchashi kamayadi ➡️Sport videolari va action filmlarda buzilishlar sezilmaydi ➡️Shu sababli gamerlar odatda kamida 144Hz yoki 240Hz displey tanlashadi. 👁Refresh rate = FPS emas! Ko‘p adashiladigan joy: Refresh Rate — monitor qancha tez yangilanishi FPS — GPU qancha kadr yaratishi Agar sizde 144Hz monitor bo‘lsa, lekin o‘yin faqat 60 FPS bersa — display imkoniyatining yarmini ham ko'rmayapsiz degani. 🧠 Hammasi birgalikda ishlaydi Silliq tasvir uchun uchlik muhim: CPU — o‘yin mantiği va hisob-kitoblar GPU — kadrlarni yaratadi Monitor — ularni ko‘rsatadi Biri sustlashsa — hammasi sustlashadi. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 📍Manzil: [ Kichik halqa yo'li 8A ] ⏰ Ish vaqti: [10:00 dan 20:00] 📞 +998338082030 🔵@Comping_admin ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔵Telegram📷Instagram🟥Youtube