TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Comping_Uz
Comping_Uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #5635

@Comping_Uz

Comping_Uz

Qhawasqakuna2,840Qhawasqa yupay
Riqchachisqa3 Abr03-04-2026, 09:42 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

⚡️ 80 PLUS sertifikati — texnik jihatdan nima anglatadi? 80 PLUS — bu blok pitaniyaning (PSU) 🔌 elektr energiyasini foydali quvvatga aylantirish samaradorligini ko‘rsatadigan xalqaro sertifikatlash tizimi. Sertifikat PSU’ning 20%, 50% va 100% yuklama ostida kamida 80% samaradorlik ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Ya’ni: Elektr tarmog‘idan olingan energiyaning katta qismi ⚡️ kompyuter komponentlariga yetib boradi 🖥 📊 80 PLUS sertifikat darajalari ◻️80 PLUS White (Standard) Minimal talablar. Standart O'yin uchun PClarga togri keladi 🥉80 PLUS Bronze Yaxshilangan samaradorlik. O‘rta darajadagi gaming uchun. 🥈80 PLUS Silver Bronze’dan yuqori samaradorlik, Koproq Serverlarda boladi 🥇80 PLUS Gold Yuqori energiya samaradorligi. Kuchli GPU va CPU’li tizimlar uchun optimal tanlov. Kam issiqlik 🔥⬇️, kam shovqin 🔇, yuqori barqarorlik ⚙️ 💎80 PLUS Platinum Professional va premium segment. Elektr yo‘qotishlari minimal. 🚀80 PLUS Titanium Eng yuqori texnologik daraja. Server, workstation va entuziast konfiguratsiyalar uchun. 🟥80 PLUS Ruby Yangi chiqqan sertifikat. Hozirda faqat Server va Workstationda bor 🛠 Sertifikat nima uchun muhim? Texnik afzalliklar: ✅ Elektr yo‘qotilishi kamayadi ✅ PSU kamroq qiziydi ✅ Ventilyator kamroq ishlaydi → shovqin pasayadi ✅ Voltaj barqarorligi yaxshilanadi ✅ Komponentlar xavfsizroq ishlaydi