TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Willakuy
Willakuy ukhu
⚡️ Asus yangi ROG Equalizer 12V-2×6 konnektorini taqdim etdi Ushbu qurilma asosi patentlangan konstruksiyadan iborat bo‘lib, u konnektorning 105°C dan yuqori qizib ketmasligini kafolatlaydi. Shuningdek, u 17 Amper gacha bo‘lgan tok kuchiga mo‘ljallangan kuchaytirilgan tilla qoplamali kontaktlarga ega. Asosiy farqlari: 🤝 Bardoshlilik: Hatto 4 ta sim uzib qo‘yilgan holatda ham ROG Equalizer atigi 73,4°C gacha qizigan. Taqqoslash uchun, standart 12V-2×6 kabellari bunday vaziyatda 146°C gacha qizib ketadi. Bonus: ROG quvvat bloklari (BP) egalariga ushbu yangi kabelni mutlaqo bepul yetkazib berish va’da qilinmoqda.