Willakuy ukhu
⚡️ DDR4 vs DDR5: Qaysi birini tanlash kerak?⚡️ Kompyuter yig‘ishda eng ko‘p beriladigan savollardan biri — operativ xotiraning qaysi avlodi afzal? Bugun ushbu ikki texnologiyani solishtiramiz! 💻 1️⃣ Tezlik va O‘tkazuvchanlik DDR4: Maksimal tezligi odatda 3200–3600 MGts atrofida to‘xtaydi. DDR5: Tezlik 4800 MGtsdan boshlanib, 8000 MGts va undan yuqoriga chiqadi. Bu tizimning umumiy chaqqonligini va og‘ir dasturlarda ishlash samaradorligini oshiradi. 2️⃣ Energiya sarfi va Quvvat (PMIC) DDR4: 1.2V kuchlanishda ishlaydi. DDR5: 1.1V iste’mol qiladi va eng muhimi — quvvatni boshqarish mikrosxemasi (PMIC) bevosita plataning o‘zida joylashgan. Bu barqarorlikni ta'minlaydi va platadagi yuklamani kamaytiradi. 3️⃣ Kelajak va Yangilanish (Upgrade) DDR4: Hozircha yetarli, lekin u o‘zining cho‘qqisiga chiqib bo‘ldi. Yangi platformalar (Intel LGA1700 va AMD AM5) asta-sekin faqat DDR5’ga o‘tmoqda. DDR5: Bu kelajak standarti. Agar siz kompyuterni kamida 3-5 yilga mo‘ljallab yig‘ayotgan bo‘lsangiz, DDR5 eng to‘g‘ri tanlovdir. 4️⃣ Narx masalasi DDR4: Arzon va hamyonbop. Byudjet pc uchun ideal. DDR5: Narxi yuqori, lekin unumdorlikdagi farq bu xarajatni oqlaydi 🏢Manzil: [ Kichik halqa yo'li 8A ] ⏰ Ish vaqti: [10:00 dan 20:00] 🔵@Comping_admin | 📲+998338082030 🔵@comping_admin2 |📲+998332332030