Willakuy ukhu
🕹 Geyming nimadan boshlangan? Tarixdagi birinchi «o‘yin» materinkasi Bugun bizni RGB chiroqlar yoki ulkan radiatorlar bilan hayron qoldirib bo‘lmaydi. Ammo 2006-yilgacha materinkalar oddiy ofis ishlari uchun mo‘ljallangan zerikarli yashil tekstolitlardan iborat edi. Hammasi ASUS ROG Crosshair (AM2 soketi) chiqishi bilan o‘zgarib ketdi. Bu Republic of Gamers brendi ostidagi ilk plata edi va aynan u hozirgi zamonaviy geymerlik standartlariga asos solgan: 🛠 U nimalari bilan dunyoni hayratda qoldirgan: LCD Poster: Orqa panelda kichik ekran bo‘lib, u kompyuterdagi xatoliklarni kod orqali ko‘rsatib turardi. Endi "pishillagan" spiker tovushini tahlil qilish shart emas edi! 💪Yonib turuvchi ROG logotipi. Bu hozirgi biz bilgan RGB yoritish tizimining "bobosi" hisoblanadi. Platadagi tugmalar: Power, Reset va Clear CMOS tugmalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri plata ustida joylashgan edi — overklokerlar uchun haqiqiy sovg‘a. ⚡️Mis issiqlik quvurlari: U paytlari mis radiatorli sovutish tizimi xuddi o‘zga sayyoraliklar texnologiyasiga o‘xshardi. 🔌 2006-yilgi "monstr" xarakteristikasi: Chipset: NVIDIA nForce 590 SLI (ha, o‘sha paytlari NVIDIA AMD uchun chipsetlar ishlab chiqargan!). Xotira: 800 MGts gacha bo‘lgan DDR2. Ovoz: Shuterlarda tiniq tovush uchun alohida SupremeFX ovoz kartasi jamlanmada bo‘lgan. Crosshair materinka shunchaki ehtiyot qism emas, balki uslub va yuqori unumdorlik poydevori ekanligini isbotladi. Shu modeldan boshlab "temirlar" shunchaki qurilma emas, balki geymerlik madaniyatining bir qismiga aylandi. Obunachilarimizga savol: Sizning birinchi materinkangiz qaysi model bo‘lgan? 👇