TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← FAST CODER | PHP TEAM
FAST CODER | PHP TEAM avatar

TGINSIGHT POST

Post #1501

@FAST_Coder

FAST CODER | PHP TEAM

Qhawasqakuna716Qhawasqa yupay
Riqchachisqa5 Ene05-01-2021, 12:51 p.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

❓Hakker Kim o'zi❓ BUNI O'QIB CHIQING HACKER KIM O'ZI❗️ ​Qanday qilib hacker boʻlamiz?!🤔 Hacker boʻlish sizga phpni bilish bilan cheklanib qolmaydi😒, mayli ana boring telefonni yoki kompyuterni 100% biling, lekin bu ham judayam kam😕. Men har doim oʻzini nikiga, biosiga, useriga va hatto profil suratiga hacker soʻzini qoʻshib yozib olganlarni juda yomon koʻraman😡, oʻzlari net yoqib telegramga kirishni biladi holos, "Hacker" boʻla turib bizday oddiy odamlardan biror narsani oʻrgana oladi qoyil!!! Hacker Qanday qilib hacker boʻlamiz? Eng avval hacker o'zi kim ekanini bilib olamiz. Hacker - favqulodda kuchli dasturchi. U dasturlash tilining koʼplab tomonlari bilan bir qatorda u orqali tuzilgan dastur yoki saytlarda ham koʼp uchraydigan nozik joylarini biladi. Аynan shu nozik joylar sababli u oʼsha sayt yoki dasturni buzib kira oladi Hackerlar 3ta guruhga boʼlinadi: Black Hat - buzgʼunchi hackerlar, White Hat - himoyachi, tinchlikparvar hackerlar, Grey Hat - asosan oʼzi haq deb bilgan yoʼlni tanlaydigan hackerlar guruh Shuningdek, hackerlar quyidagi toifalarga boʼlinad Newbie - yangi boshlagan hackerlar, odatda katta ziyon yetkaza olishmaydi, harbiylar taʼbiri bilan aytganda "dux" Script Kiddie - oʼzi kod terishni bilmaydigan, buzish ishlarini maʼlum dasturlar orqaligina amalga oshira oladigan hackerlar Cracker - dasturlarni buzuvchi hackerlar. Bu yoʼnalish hackerlar jamiyatida eng pastkash ish deya baholansada, bizdagi sharoit uchun ular juda kerakli. Nega deysizmi? Siz shu vaqtgacha Windows uchun, istalgan kompyuter dasturi yoki oʼyinlar uchun pul toʼlaganmisiz? Yoʼqmi? Krekerlar sharofati bilan Hacktivist - internetda oʼz noroziligini bildirish bilan shugʼullanadigan hacker Suicide Hacker - huddi oʼzini portlatuvchi suiqasdchilarga oʼxshaydi, shaxsi oshkor boʼlishini bila turib juda katta hujumlarni amalga oshiradi Va boshqalar Lekin afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda sizga koʼrinmas nik yasab berish, spamdan chiqarish va hokazo sirlarni bilishini aytayotgan odam hacker hisoblanmaydi.Dasturlash tillarini o'rganin. Va yana shunu unutmangki Hacker telegramda yurmaydi. U bundanda katta ishlarga qodr☝️ Aynan bir tilni o'rganish kerak degan talab yo'q. Lekin bir nechta tilni tavsiya qilishim mumkin. Dasturlash tillarini o'rganish ko'p vaqt talab etadi. Eng avval sabrli bo'lishni o'rganin 🔸C yoki C++ ni o'rganing. Sabab windows va linux operatsion sistemalar shu tillar asosida qurilgan. U sizga aslida tizim qanday ishlashini anglashingizda yordam berad 🔸Javascript, Python va Ruby - turli xil vazifalarni avtomatlashtirishda kerak bo'ladigan ko'p imkoniyatga ega tillar. Bularni o'rganishni ham tavsiya qilama 🔸Perl yoki php ni o'rganish ham zarar qilmaydi. Chunki ayni vaqtda ko'plab sayt va platormalar phpda qilingan @JajuTv_DK7bot Uchun maxsus @YoungAktyor_DK777 sizlar bilan bõldi.