TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← FAST CODER | PHP TEAM

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Kikin willakuy tariy

Paqariy kanal @FAST_Coder · Post #1506 · 5 Ene

#kompyuter#antivirus Sanasi: 30.07.2020 Formati: .zip (WinRar -> UnZip) Hajmi: 135.3 mb ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 📡Kanalimiz: @Fast_Coder

Tarikuykunap

52 kikin willakuy tarisqa

Tukuy sunqupi maskay

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_akademiyasi · Post #5472 · 01-10-2023, 11:47 a.m.

Smart Defrag Pro #dastur / #kompyuter ℹ️ Kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun diskni defragmentatsiya qiladigan dastur. 💾: 10.6 mb (.rar) 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_akademiyasi · Post #5269 · 12-07-2023, 12:36 p.m.

Smartfoningizni kompyuter orqali zaryadlash mumkinmi va xavfsizmi? #tavsiya / #kompyuter Bu savolga Ha deb javob berish mumkin, lekin bu borada bilib olishingiz kerak bo'lgan ba'zi jihatlar bor. 🔸USB port smartfonlar yaratilishidan oldin kompyuterlarda paydo bo'lgan va u tashqi qurilmalar(fleshka, printer, skaner) ishlashi uchun minimal quvvat bera oladi. 🔸Kompyuter oldi qismidagi USB port platadan sim orqali keladi va bu qurilmaga tok berishda tokni susayishiga olib keladi, kompyuter simlari zaryadlash uchun mo’ljallanmagan. 🔸USB 2.0 port 500 mAs, USB 3.0 esa 900 mAs tok kuchi bera oladi. 🔸Kompyuter USB porti zaryadlashdan tashqari ma'lumot tashish hususiyatiga ham ega. Yuqorida yozib o'tilgan jihatlar smartfonga qanday ta'sir qilinishini keltiraman: 🔹USB port maksimal 900 mAs'gacha(agar USB3.0 bo'lsa) tok bera oladi, bundan kelib chiqadiki quvvat berish qobiliyati kam. Demak smartfonni zaryadlash ancha sekin amalga oshiriladi. Smartfonlarni o'zining zaryad qurilmasi 1.5, 2 Ampergacha tok kuchi beradi, shu sababli ularda zaryadlash tezroq amalga oshiriladi, agar smartfoningizni zaryadlash lozim bo'lsa, faqat USB 3.0 portidan foydalaning. 🔹Agar siz USB2.0 portga ulab, qandaydir o'yin o'ynasangiz zaryad olish o'rniga zaryadingiz ketayotganini ko'rasiz. 🔹Iloji boricha, kompyuteringizni orqa qismidagi(plataning o'zini) USB portiga ulang, chunki bu port to'g'ridan-to'g'ri tokka ulangan. 🔹Smartfoningizni kompyuterga ulaganda faqat zaryadlash funksiyasini yoqing, fayllar almashishni o'chirib qo'ying, kompyuterdan virus o'tish xavfi bor. 🔹Yana bir narsa, sekin zaryad olish smartfon batareyasini sekin astalik bilan zaryad yig’ish qobiliyatini susaytiradi. ☝️Xulosa shuki, agar tanlov bo’lsa, smartfoningizni albatta rozetkadagi tokdan zaryad oldiring, USB orqali esa faqat chora qolmaganda, zaruriyat yuzasidan zaryadlang, zaryadlashda smartfonning zavoddan chiqarilgan zaryad qilish qurilmasidan foydalaning. Youtube’da zaryadlash paytida portalab ketgan holatlar aks etgan videolar bor, bunda ham smartfon ham kompyuteringizdan ajralib qolmang. ©ITPlanet 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube / Xarita

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_akademiyasi · Post #5242 · 03-07-2023, 08:30 a.m.

Kompyuterni o'rganishni nimadan boshlash kerak? #tavsiya / #kompyuter 🤔 Ko'pchilik kompyuterni nimadan boshlab o'rganishni bilmasa kerak? Bugun shu muammoni hal qilamiz! ↔️ Keling kompyuterni o'rganishni majburiy va ixtiyoriy qismlarga bo'lib ko'rib chiqamiz! ✅Majburiy qism. Bu qismga barcha kompyuter egalari bilishi kerak bo'lgan bilim va ko'nikmalarini kiritamiz: ✳️ Kompyuterni tashqi va ichki tuzilishi: Tashqi (monitor, protsessor, klaviatura nima va vazifalari); Ichki (kompyuterni asosiy xarakteristikalari: operativka, videokarta, doimiy xotira va b.); ✳️ Kompyuterni yoqish/o'chirish (gibernatsiya va uyqu rejimlari, perezagruska nega kerak va h.k); ✳️ Oddiy dasturlarni o'rnatish va foydalanish (brauzer, telegram, pdf o'qiydigan, ofis dasturlari, playerlar va b.); ✳️ Fayl va papkalar bilan amallar (ularni yaratish, xarakteristikalarini o'zgartirish, ko'chirish, nusxa olish va h.k); ✳️ Kompyuterdan to'g'ri foydalanish qoidalari (ortiqcha fayllarni tozalab turish, changdan himoya, tez ishlashini nazorat qilish, antiviruslar); 👆Bular eng sodda va barchamiz bilishimiz kerak bo'lgan amallar hisoblanadi. 🟢Endi esa ixtiyoriy o'rganishingiz mumkin bo'lganlar. Bu bo'limga har kim o'z qiziqishidan kelib chiqishi mumkin. Masalan, kimgadir dasturiy taʼminot qiziq, kim uchundir kompyuter qismlarini oldi sotdisi. Siz o'zingizni qiziqishingizdan birortasini tanlashingiz mumkin: 🔸 Kompyuter xavfsizligi (antivirus va viruslar, tarmoq xavfsizligi, himoya dasturlari bilan ishlash va b.); 🔹 Media fayllar bilan ishlash (rasm, audio, video montaj); 🔸 Internet bo'yicha (internetdan to'g'ri va samarali foydalanish: torrent, serverlar, vpn va b.); 🔹 Turli xil sohaga mos dasturlar bilan ishlash (3D dasturlar, animatsiya, buxgalteriya dasturlari va b.); 📌 Xulosa qilib aytganda, Siz kompyuterni software (dasturiy ta'minot: kompyuter dasturlari bilan ishlash) yoki hardware (apparatli ta'minot: kompyuterni tashkil etuvchi qismlar (monitor, protsessor va h.k)) qismini yoki ikkisini birgalikda o'rganishingiz mumkin. Tanlov o'zingizda va eng asosiysi biror nima o'rgansangiz yetarli! 👌 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_Akademiyasi · Post #6742 · 03-11-2024, 03:05 p.m.

Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! #videodars / #kompyuter ℹ️ Kompyuterni sekin ishlashiga yoki qotishiga bir qator sabablar bo'lishi mumkin. Har bir kompyuter uchun tezlashtirish metodi turlicha bo'ladi. 📌 Lekin bugungi darsda barcha kompyuterlarni tezlashtirishi mumkin bo'lgan 3 usulni qo'llashni o'rganamiz! 🛠 Bu usullardan foydalanishda hech qanday qo'shimcha dastur kerak emas. Ular quyidagilar: 1⃣ "Рабочий стол" ni tozalash 2⃣ Keraksiz dasturlarni o'chirish 3⃣ Avtozagruskadan ortiqcha dasturlarni olib tashlash ✅ Natijani aytishni unutmang, shunga qarab darsni keyingi qismlarini tashkil etamiz 😉 ▶️YouTube da ko'rish ⏳: 07:10 💾: 14.3 mb 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_Akademiyasi · Post #6564 · 22-08-2024, 04:31 p.m.

Kompyuter dasturlari #videodars / #kompyuter ℹ️ Kompyuter dasturlari haqida batafsil maʼlumot! - Dastur nima? - Dasturiy ta'minot nima? - Dasturlar nimadan tayyorlanadi? - Dasturni qanday turlari mavjud? - Dastur izlash va yuklash bo'yicha tavsiyalar ushbu videodan joy olgan. Dasturlarni yuklash uchun: https://megasoft.uz (tas-ix) https://windows.uz (tas-ix) https://softportal.com ⏳: 07:02 💾: 14.9 mb ▶️YouTube da ko'rish 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram I YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_Akademiyasi · Post #6174 · 31-03-2024, 04:21 p.m.

Kompyuterdagi videokarta turini aniqlash! Дискретная yoki встроенная видеокарта nima? #videodars / #kompyuter ℹ️ Noutbukda ichki va tashqi (jami 2 ta) videokarta bo’lishi mumkin. Tashqi videokarta borligi tizimga biroz og’irlik tushirishi bilan birgalikda biroz qimmatroq bo’ladi. Дискретная видеокарта - tashqi videokarta deb yuritiladi va u mavjud bo'lgan kompyuter kuchli va qimmatroq hisoblanadi. Bстроенная видеокарта - ichki videokarta bo'lib, kuchsizroq kompyuterlarni ona platasiga qo'shib chiqariladi. Qachonki tashqi videokarta bo’lmasa, shunchaki ichki videokarta nomi yoziladi. ▶️YouTube da ko'rish ⏳: 02:58 💾: 6.2 mb 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_akademiyasi · Post #5653 · 02-12-2023, 01:53 p.m.

​FAT32 yoki NTFS #info / #kompyuter ℹ️ Qattiq disk yoki fleshkani format qilish paytida fayl tizimlari (NTFS, FAT32, FAT, FAT16, exFAT) dan birini tanlashga to'g'ri keladi. Xo'sh ularni nima farqi bor? Qay birini tanlagan ma'qul? 💬 Ko'pchilik format qilishda ko'p eshitgan fayl tizimini qo'llaydi, masalan, NTFS yoki FAT32. Biroq shunday tizimlar ham borki nisbatan kuchli yoki keraksiz hisoblanadi. Oddiy misol, exFAT hozirgi kunda keng tarqalmagan hamda ko'pchilik operatsion tizimlar uni qo'llamaydi. Shu sababli bugun eng ko'p qo'llaniladigan fayt tizimlari haqida gaplashamiz. Bular NTFS va FAT32! FAT32 ni NTFS dan farqi 🔶 FAT32 – FAT16 asosida yaratilgan fayl tizimi hisoblanadi. To'liq nomi: File Allocation Table. U ancha eski va xavfsiz hisoblanadi. Bundan tashqari FAT texnologiyasi Windows 95 va 98 paytlarida qo'llanilgan. Agar siz shu tizimda formatlasangiz kompyuter mavjud barcha undagi fayllarni ko'rishi mumkin. FAT ning asosiy kamchiligi hajmini chegaralangani hisoblanadi ya'ni 32 Gb dan katta bo'lim yaratib bo'lmaydi. 🔷 NTFS – FAT32 ga nisbatan yaxshiroq va bir qator ustunliklarga ega bo'lgan fayl tizimi hisoblanadi. To'liq nomi: New Technology File System. - Diskda xato uchraydigan bo'lsa avtomatik tiklanishi mumkin; - Katta hajmli disklarni qo'llay oladi; - Nisbatan xavfsiz fayl tizimi. Qandaydir ma'lumotlarni shifrlash yoki taqiqlash imkoni mavjud. ✅ Amalda NTFS FAT32 ga qaraganda sekinroq ishaydi, biroq katta hajmli fayllar bilan ishlashda samaradorlikga ega. Bundan tashqari NTFS ko'proq operativ xotira talab qiladi va 64Mb dan kam operativ xotiralik kompyuter va boshqa qurilmalarni qo'llamaydi. Vaholanki bunda kompyuterlar hozirda deyarli yo'q. 📌 Xulosalar: - Katta hajmli fayllarni yozishda NTFS yaxshi ishlaydi; - FAT32 ishlash tezligi yuqori, lekin xavfsizlik yuqori emas. - Agar siz OTG kabel orqali fleshkani smartfon bilan bog'lamoqchi bo'lsangiz ko'pchilik smartfonlar faqatgina FAT32 tizimidagi fleshkalarni qo'llaydi; 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_akademiyasi · Post #5473 · 01-10-2023, 01:45 p.m.

Defragmentatsiya nima? Defragmentatsiya haqida batafsil! #videodars / #kompyuter ℹ️ Diskni defragmentatsiya qilish — bu shunday jarayonki bunda tarqoq fayllar bir-biriga yonma-yon tarzda yozib chiqiladi va bir fayl umumiy bir joyni egallaydi. Buning natijasida qattiq disk kerakli faylni o’qishi uchun minimum vaqt va energiya kerak bo’ladi. Shu sababli kompyuterning ishlash tezligi oshadi. ⏳: 04:00 💾: 11 mb 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_akademiyasi · Post #5284 · 18-07-2023, 03:45 p.m.

​HDD vs SSD #info / #kompyuter ℹ️ Ko'pchilik kompyuter sotib olishda doimiy xotira tanlashda qiynaladi. Qiynaydigan savol: HDD yaxshimi yoki SSD? ❓Bu savolga yagona qisqa javob berish mumkin: SSD yaxshi chunki bu turdagi doimiy xotirani ishlash tezligi anchagina yuqori hisoblanadi, lekin kichik hajmli SSD katta hajmli HDD dan qimmat bo'lishi mumkin. ✅ Agar Siz kompyuterim juda tez ishlasin desangiz HDD bilan birgalikda SSD xotiraga ega kompyuterdan xarid qiling. Buning uchun HDD mavjud kompyuterga SSD ni alohida qo'shtirish va tizim uchun SSD ni masʼul qilib qo'yish (Windowsni SSD ga o'rnatish) yetarli. 📌 HDD va SSD ni o'zaro solishtirilgan maqolamni o'qib bu borada bilimlaringizni yanada oshirishingiz mumkin. 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_akademiyasi · Post #5266 · 11-07-2023, 01:31 p.m.

Kompyuter uchun 5 ta bepul android emulyatori #info / #kompyuter ℹ️Quyida kompyuterlar uchun eng yaxshi 5 ta Android emulyatori (kompyuterda android dastur va o'yinlarini ochadigan dastur) haqida ma’lumot berib o‘tamiz. 1⃣BlueStacks • Bu, ehtimol, eng mashhur Android emulyatori, ayniqsa, geymerlar orasida mashhurdir. Dastur o‘yinlarni ishga tushirish uchun yaratilgan bo‘lsada, turli xil ilovalar bilan ham bemalol ishlashingiz mumkin. Agar kompyuteringiz yetarlicha kuchli bo‘lsa, u hatto eng og‘ir o‘yinni ham muvaffaqiyatli ishga tushiradi. O‘z navbatida, BlueStacks'ning o‘zi boshqa emulyatorlarga qaraganda ko‘proq joy egallaydi va yuklashga ko‘proq vaqt talab etadi. ⬇️Yuklash / BlueStacks 3 2⃣NoxPlayer • Yon panelda boshqaruv tugmalari bilan tanish bo‘lgan Android interfeysini namoyish etadigan yengil va tezkor emulyator. Dastur sozlamalarida siz kirish huquqini yoqishingiz, protsessor yadrolari va ajratilgan Operativ xotira miqdorini qo‘shib, unumdorlikni oshirishingiz, shuningdmu, ekranning aniqligi va FPS sonini o‘zgartirishingiz mumkin. NoxPlayer bir vaqtning o‘zida bir nechta akkauntlardan o‘ynashga imkon beradi, bu onlayn loyihalar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Dastur har bir o‘yin profili uchun rasmini alohida oynada namoyish etadi. ⬇️Yuklash 3⃣MEmu • Funksional va vizual jihatdan MEmu Nox'ga juda o‘xshash. Siz emulyator uchun qancha quvvat sarflanishini, qancha xotira zaxirasini ajratish va o‘yinlarni qanday kadrlar chastotasida ishga tushirishni belgilashingiz mumkin. Yon panelda displeydan video yozib olish, skrinshot qilish va klaviatura sozlamalarini yaratish tugmalari mavjud. Ilovalarni kompyuter xotirasidan APK fayllari sifatida yoki Google Play'dan o‘rnatish mumkin. MEmu sizga tezda root'ni faollashtirishga, shuningdek, interfeys qismlarini sozlashga imkon beradi. Dastur Android'ning barcha asosiy elementlarini, shu jumladan, ma’lumotlar panelini, sozlamalar menyusini va hatto fayl boshqaruvchisini emulyasiya qiladi. ⬇️Yuklash 4⃣Andy • Andy minimalizm muxlislariga murojaat qiladi. Dastur oynasida deyarli sozlamalar yo‘q: ishga tushirilgandan so‘ng toza Android interfeysini ko‘rasiz. Siz faqat displey joylashuvini o‘zgartirishingiz va tasvirni to‘liq ekranga o‘tkazishingiz mumkin. Ammo ovozni boshqarish, joylashishni aniqlash va kirishni boshqarish uchun alohida tugmalar mavjud. Ishga tushirishdan oldin Andy Opera brauzerini va boshqa antivirusni o‘rnatishni taklif qiladi. Ammo buni inkor qilishingiz mumkin. Emulyatorning imkoniyatlari talab qilinadigan o‘yinlar uchun etarli emas, ammo u Android yordamchi dasturlari bilan ishlash uchun juda ajoyib. ⬇️Yuklash 5⃣Gameloop • Call of Duty va Android uchun PUBG ishlab chiqaradigan Tencent kompaniyasining rasmiy emulyatori hisoblanadi. Agar siz bu o‘yinlarni kompyuteringizda o‘ynashni istasangiz, Gameloop - bu eng yaxshi variant. Shuningdek, dastur shuningdek, uning ichki katalogidan o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan boshqa ko‘plab o‘yinlarni ham ishga tushira oladi. Gameloop faqat geymerlar uchun mo‘ljallangan. Dastur klaviatura va sichqoncha bilan mukammal ishlaydi. Ammo o‘yin bo‘lmagan dasturlar uchun Gameloop umuman mos kelmaydi. ⬇️Yuklash ©Terabayt.uz ❓Siz qaysi biridan foydalanasiz? 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_akademiyasi · Post #5255 · 06-07-2023, 04:36 p.m.

​Defragmentatsiya nima? U nega kerak? #info / #kompyuter ℹ️ Defragmentatsiya – bir faylning bir nechta fragmentlari (qismlari) ni kompyuterning doimiy (qattiq) xotirasi tez o’qishi uchun bitta katta faylga birlashtirish jarayoni. 💾 Doimiy xotiraga (HDD) ga fayllar yozilish davomida fayllar bir nechta qismlarga bo’linib, alohida joylashishi mumkin. Buning sababi esa diskdagi bo’sh joylar teng taqsimlanmagan. Tizim faylni qattiq diskni bo’sh sektorlariga yozaveradi. Va agar yozish jarayonida huddi shunday fayl kuzatilsa, fayl bo’linadi va bo’sh sektrolar (band sektordan keyingi) ga yozishni davom etadi. Buning natijasida fayl bir qancha qismlarga bo’linadi, bu qismlarni qattiq disk o’qishi uchun vaqt va energiya kerak bo’ladi. 🧐 Agar fayl fragmentlari yonma-yon joylashgan bo’lsa muammo yo’q, lekin bu qismlar qattiq diskni turli joylarida joylashgan bo’lsa bu katta vaqt va energiya talab qiladi. Shu sababli ham tizimning ishlash tezligi tushib ketadi. ✅ Diskni defragmentatsiya qilish — bu shunday jarayonki bunda tarqoq fayllar bir-biriga yonma-yon tarzda yozib chiqiladi va bir fayl umumiy bir joyni egallaydi. Buning natijasida qattiq disk kerakli faylni o’qishi uchun minimum vaqt va energiya kerak bo’ladi. Shu sababli kompyuterning ishlash tezligi oshadi. 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_akademiyasi · Post #5232 · 27-06-2023, 04:12 p.m.

Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma'lumot #videodars / #kompyuter ℹ️ Ushbu videodarsda quyidagi savollarga javob topasiz: - Drayver nima? - Qanday uskunalar drayver talab qiladi? - Kompyuterdagi mavjud drayverlarni tekshirish - Drayverlarni qayerdan, qanday olish mumkin? - Drayver o'rnatuvchi dasturlar ▶️YouTube'da ko'rish (HD) ⏳: 02:16 💾: 9,7 mb 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube / Xarita / Guruh