Willakuy ukhu
Dasturchilik darajalari 1️⃣ Beginner Tarjimasi — Boshlovchi. Bu dasturlashni endigina boshlaganlarning darajasi. Masalan, savol berayotganda, beginnerman desa, odamlar unchalik ham uni yomonlamaydi, chunki har doimgidek, savol ahmoqona bo‘ladi. 2️⃣ Junior Tarjimasi — Kichik. Beginnerdan o‘tgan, dasturlash tilini yomon bilmaydi, ishlaganiga 4-5 oydan o‘tgan, 1-2 ta qilgan ishlari bor progerlar. Odatda ishga kirishda juniordan boshlashadi 3️⃣ Middle Tarjimasi — O‘rta. Juniordan o‘tgan, ishlaganiga 1 yildan oshgan, dasturlash tilini yaxshi biladi, tajribasi bor, portfolioda ishlar ko‘p. 4️⃣ Senior Tarjimasi — Katta. Bu o‘sha dasturlash tilini juda yaxshi biladigan, ayni bir kerakli freymvorki bilan yaxshi ishlaydigan, qila olmaydigan ishining o‘zi yo‘qligi bilan maqtana oladiganlarni Senior Developer deyishadi. Ish tajribasi yili 3+. 5️⃣ Team Lead Tarjimasi — Jamoa boshlig‘i. Bu daraja jamoada ishlaydiganlar uchun xos. Siz ayni bir jamoada ajralib tursangiz, proyektlarda faol bo‘lsangiz, gapingiz ko‘p kishiga o‘tsa, demak siz timlidsiz. Bunaqalarga baʼzida qiyin bo‘ladi. Chunki proyekt unga bog‘liq bo‘ladi. @FAST_CODER