TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM! avatar

TGINSIGHT POST

Post #25817

@Fanlar_akademiyasi

O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!

Qhawasqakuna1,180Qhawasqa yupay
Riqchachisqa7 Nov07-11-2025, 04:18 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

#taqdimot “Ayol, tarix, tamaddun” — Samarqandda YUNESKO sessiyasida taqdim etilgan yangi kitob-albom! Samarqand shahrida o‘tayotgan YUNESKOning 43-sessiyasi doirasida gender tenglikka bag‘ishlangan tadbirda “Ayol, tarix, tamaddun” nomli kitob-albom taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova olib bordi. Mazkur kitob Respublikamizning bir qator olima ayollari tomonidan manbalar asosida yozilgan bo‘lib, unda tariximizdagi ayollarning jamiyatdagi o‘rni, salohiyati va erkinligi haqida ko‘plab qiziqarli hamda yangi ma’lumotlar jamlangan. Mualliflar orasida Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimlari, PhD Feruza Djuamniyazova va PhD Hilola Nazirovalar ham bor. Kitobda qadim Turon zamonidayoq xotin-qizlar hurmatga sazovor, teng huquqli va faol bo‘lganliklari tarixiy manbalar orqali yoritilgan. Asarning asosiy g‘oyasi — ayollar salohiyatiga doir steriotiplarni buzish, to‘siqlarni bartaraf etish va muvaffaqiyatli ayollar safini kengaytirishdan iborat. 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram