TGINSIGHT CHAT
излам...
@Izlamtopilmas
Art#oʻzimdan (Bisotimdan) Oʻz she'rlarim, lirik ichki kechinmalar, ba'zida taronalar va yangiliklar sizni qamrab oladi❗ (Ketganiga emas, keladiganiga achining) 🔅
Qhipan willakuykunap
Qillqa 1 / 58 · 694 willakuy
Riqchachisqa 28 Nov
New xit 🍋 •Madina Mavzun Hali chiqmagan mp bo’lgani sababli tarqatilmasin!
Riqchachisqa 25 Nov
Erkimni tilgamas dilimga berdim Mengamas dog’lari yurakka tekkan. Senga qo’llarim siltagan kunim, Aslida dunyosi tugagan ekan! O’saman qondagi aksimni ko’rib, Sukunat ovozi suyakka tekkan. Ko’zlarim ko’zinga tushgan kechada… Aslida hammasi tugagan ekan! Samolar bag’rida yurgan farishta, Kun sayin shaytoniy siymoga yetgan. Ko’zlari qorong’u dunyoni ko’rib, Hammasi beshikda tugagan ekan! Izlarim yolg’onmas hislarim aldov! Kasbim ham savdoyi dunyoda bir kam. “Men seni sevaman” dediyu ammo, Aslida sevgisi tugagan ekan… •Madina Mavzun 03:53 26.10.2025
Riqchachisqa 1 Nov
излам... pinned a photo
Riqchachisqa 1 Nov
Rejalar safsata.Umrimiz tuzoq. Hammasi yozilgan mendan tashqari… O’zimni dor qilib osdim olamga, Puflab o’chiryabdi samo qashqari! Cho’ntakka uryabman o’zimni o’zim, Bo’zarib boryabdi inson olasi, Shunchalik pokiza, shunchalik badbaxt! Ko’nglimga tupurgan odam bolasi… O’laksa ko’chadan o’taman sekin, Burnimni chalg’itar berahim islar Bir tanga tashlashga arzimadimov? Jirkanib yasharmi sig’indi hislar? Tovog’i bo’sh qoldi. Otmadim tanga… Mensimay yashaydi sig’indi hislar… •Madina Mavzun https://t.me/Izlamtopilmas 1.11.2025 15:00
Riqchachisqa 25 Oct
Ulg’ayganingiz sari uzoqlashadigan xilqat, bu- huzur… •Madina Mavzun https://t.me/Izlamtopilmas
Riqchachisqa 15 Oct
Satrlar o’ynoqlab, chorlaydi Roziman hayottan kechmoqqa! Bugun may o’ziga bog’laydi O’zimni qonimni ichmoqqa •Madina Mavzun https://t.me/Izlamtopilmas
Riqchachisqa 3 Oct
Asli tugamagan hayotdan qarzim… Shamlarning tubiga sho’ng’iyman hali. Tepkilab ketganding,urgan eding oh! Ketganding! Tasalli bermay aqalli… Qo’lingda chiziqlar mening xatlarim. Tomiring ulangan sassiq o’lakka, Dardlaring bedavo, sevgiling xasis. Hali mixlab ketar seni to’shakka! Taqdirim tegrimda tiz cho’kib ingrar, -Netay quvonching yo’q! Ketgan bedarak… Seni sevganimni aytishim uchun : O’zimni minglikka bo’lishim kerak! Savol yo’q! Javobim ammo bir talay. Bo’lsam bo’libmanda, dunyoga yemak. Sening peshonanga yozilish uchun, Bir kuni tegrangda o’lishim kerak! 03.10 •Madina Mavzun https://t.me/Izlamtopilmas 22:31
Riqchachisqa 26 Set
To’xta! Ozgina o’ylab ko’r sekin? Quyosh yaxshiroq-ku, ahir tunlardan! Men aslo achinmam ketsangda yiroq O’lsam o’ligim ortiq ulardan… Qoshimning qirrasi qonga bo’yalgan Ajalbaxsh tunlar ham paydo shulardan. Nega ham o’ylanay?. Sen kim-u, u kim? O’lsam o’ligim ortiq ulardan… 02:24 •Madina Mavzun 26.09 https://t.me/Izlamtopilmas
Riqchachisqa 22 Set
Kuz. Xazonrezg ana borsin men O’zimga kelganda o’zimga yovman Achinma nasibing etmaganimga Shunchaki qalbinga go’zal sinovman! 22.09 20:55 •Madina Mavzun https://t.me/Izlamtopilmas
Riqchachisqa 18 Set
Qo’rq! Seni topolmadim, izladim ammo. Yo’qolgan hislarga ko’zyoshim artdim. Ahd berib tuzilgan uzun yo’llarga Oyog’im uchini bosmayin qaytdim. Endi sen boshqasan, qalbim qa’rida. Men ham u emasman, yolg’izim ishon… Seni asrab olgan edi baxt sho’rlik, Men yetim qolganman, armonga sarson! Yolg’onlar, rost uchun dunyoga kelgan, Topolmay yig’laysan. Chiqmaydi uning. O’ylama! Hammasi oson kechadi. Seni tugatadi. Qarg’agan kunim! •Madina Mavzun 18.09 11:41 https://t.me/Izlamtopilmas
Riqchachisqa 16 Set
Seni odam tug’ganda edi… “odamgarchilik” degan so’zni faqat so’z deb tushunmas eding! 16.09. 07:55 •Madina Mavzun https://t.me/Izlamtopilmas
Riqchachisqa 10 Set
Yo’qotish? Ba’zida qutilish bilan sinonim bo’la oladi) ( Agar jabrdiyda bo’lsangiz! •Madina Mavzun 21:39 https://t.me/Izlamtopilmas