TGINSIGHT CHAT
Sunbula_blogi
@Sunbula_blogi
ArtBoshqa fasllarni bilmayman netay, Mening oʻylarimning etagidir kuz Insta/sunbula__bobonazarova She'riyat📝 Tarjima📖 Kitoblar📚 Suratlar🎨 Samo🌀 Yer🌻 Haqida suhbatlashamiz☺️
Qhipan willakuykunap
Qillqa 1 / 84 · 1,003 willakuy
Riqchachisqa 23 May
Qiynaladi oftobni kutib, Yomg‘irlardan charchagan shahar. Uxlab qolding, yig‘lab, qon yutib, Ko‘ringanda ufqda sahar. Men taqdirdan hech nolamayman, Gar almashdi shomga tongimni, Olib keldi bu oqshom bilan Uzoqlarda qolgan jonimni. Yomg‘ir yog‘di mayda-maydalab, Mayda-mayda bo‘ldi yuragim. Tong otguncha qayta-qaytalab, “Sevasanmi?” - deya so‘radim. Sen hech narsa qilmading talab, Ming o‘rgilding qoshu ko‘zimdan, Sening qora sochlaring silab, Shu tun kechdim xatto o‘zimdan. Qiynaladi oftobni kutib, Yomg‘irlardan charchagan shahar. Sen ketasan qayga, qon yutib, Meni qayga boshlaydi sahar?
Riqchachisqa 21 May
Xudoning borligi va meni eshitishi haqida o'ylaganimdagina baxtiyorlik his qilaman. Ammo hissizlik avj olayotgan bir vaqtda yashash uchun buning o'zi kifoya qilmaydi. Men hali o'zim his qilmagan tuyg'ularga da'vo qilyapman. Meni sevadigan va men haqimda qayg'urayotganlarni tashvishga solmaslik uchun baxtsizligimni yashiraman. Ba'zan suiqasd haqida ham o'ylayman. Uyquga ketishdan oldin o'zim bilan uzoq suhbatlashaman va bu bema'ni hayotdan qutulish hamda ma'nisiz xayollarni haydash uchun ibodat qilaman. Bu noshukurlikdan boshqa narsa emas. Baxtsizlik va fojia urug'ini yer yuzi bo'ylab sochishdir. Tongda ham ibodatga kelganimda, tunda men bilan suhbat qurgan iblislarni mendan uzoqlashtirishni so'rab, Yaratgandan iltijo qilaman. Men uzoq vaqt rad qilib kelgan burchni bajarish uchun fursat keldi. Bu onalik burchidir. Men yo shu Burchni ado etishim, yoki batamom aqldan ozishim kerak Ichimda hayot ulg'ayib borayotganini his qilmay turib, hech qachon tashqi hayotni qabul qila olmayman. Poelo Koelo "Maktub"
Riqchachisqa 21 May
Bilging keldi, axir, nimani? Umr olib ketgan kemani… Taqdir-nima? Taqdir- bema’ni; Neki-asl, asli xor bo‘lgan!.. Zebo Mirzo
Riqchachisqa 20 May
#Adabiyot nimani oʻrgatadi? –Insoniylikni –Agar adabiyotni chin dildan oʻrganganimizda edi, sud zallari hozir boʻshab qolardi. –Nega Navoiy davrdagi Husayn Boyqaro deymiz? Husayn Boyqaro davridagi Navoiy emas Chunki ilm insonni yuksaltiradi. Nega 500-yildan beri Navoiyni oʻrganamiz? Adabiyotni sevganliklari va oʻsha muhabbatni ilm-u amallarida zohir qilganliklari uchun!
Hashtags
Riqchachisqa 16 May
#mutolaadan Bugun ertalab sartaroshimni koʻrgani borgan edim. Uning qizi jamiyatshunoslik mutaxassisligi kursini bitirib, eshikma-eshik yurib, oxiri bir korxonaga kotiba bo'lib ishga kiribdi. O'sha sartarosh hatto bugun ham «Mening qizim o'qimishli», deb maqtanishdan charchamaydi. Ota-onamning ko'pchilik do'stlari va ularning farzandlari ham o'qimishli. Lekin bu, ular o'zlari xohlagan kasbni egalladi, degani emas. Ko'pchilik «o'qimishli» degan tamg'a uchungina universi- tetda tahsil oladi. Oxir-oqibat shu taxlit dunyo qobiliyatli bog'bon, novvoy, mohir dallol, haykaltarosh va iste'dodli yozuvchilardan mahrum boʻladi. Paulo Koelo "Portobello jodugari"
Hashtags
Riqchachisqa 16 May
Turk shoiri Sezai Karakoch eng go'zal tuyg'ularni unga ehtiyoji bo'lmagan odamlarga berishni shunday tasvirlagan: "Oh manim ko'rlar o'lkasida ko'zgu sotgan qalbim..."
Riqchachisqa 15 May
Sunbula_blogi pinned a photo
Riqchachisqa 15 May
#yangi Ichimda bir kemtik dardlar ulgʻaydi, Borliqni anglay deb sogʻlar ulgʻaydi, Faqat ulgʻaymagan telbavor ruhim, Yarim tun koʻnglingni nelar chulgʻaydi. Taqiq meva tutar sen bilgan iblis, Nafsing qoʻllaringda qanot bogʻlaydi. Osmonni musaffo yaratgan Alloh, Nechun oymomoning yuzin dogʻlaydi. Nechun ayol uchun ojizlik darkor, Nega qismatiga jim-jim koʻnadi. Shunchalar mukammal yaralgan bilan, Bazan koʻzlarida dardlar unadi. Ayolning tuprogʻi faqat isyonmi? Hislari tugʻyonmi yoki tufonmi? Yoki sahro kabi sokin sukunat Shunchalar yashirin, shuncha pinhonmi? Ichimda bir kemtik dardlar ulgʻaydi, Borliqni anglay deb sogʻlar ulgʻaydi, Faqat ulgʻaymagan telbavor ruhim, Yarim tun koʻnglingni nelar chulgʻaydi... Sunbula Bobonazarova 15.05.26
Hashtags
Riqchachisqa 14 May
Hayot asli – eng buyuk sahna, Ketib bo‘lgan asl aktyorlar. Zebo Mirzo
Riqchachisqa 14 May
Hech kimni siz uchun nimadir qilishga majburlamang. Birgalikda rasmga tushish, gul soʻrash, gaplashish, vaqt, e'tibor. Sizni haqiqatdan sevgan va istagan inson bularning barchasini shunchaki ichidan bir ovoz kelgani, o'zi xohlagani uchun qiladi.
Riqchachisqa 13 May
Yuragimni tashiydi foytun Koʻzlarimning qaroqlariga Va sogʻinchlar toʻkilar beun Gʻunchalarning dudoqlariga Hayollarim tashiydi foytun Bolalikka beparvolikka Bora-bora koʻnikib qolgan Yovvoyilik begonalikka Tilaklarim tashiydi foytun Farishtalar qanotlariga Uning oʻzi oʻxshab ketadi Dostonlarning Gʻirotlariga Savoblarim tashiydi foytun Gunohlarim kezar darbadar Meni hamon oʻylantiradi Peshonamga yozilgan qadar. Sunbula Bobonazarova
Riqchachisqa 13 May
Ha, rostan ham ketish oson emas. Sen yashayotgan bu shahardan, sen uchratgan insonlardan, seni sen qilgan joylardan ketish qiyin. https://t.me/dilnozajorayeva_blog