TGINSIGHT CHAT
AD📸 fotograf CA📷
@abdullacafotograf
SportQashqadaryo futbolidagi yangiliklar va fotogalereyalar championat.asia fotomuxbiri Abdulla Doniyorovning telegram kanali Murojaat uchun 👇 @AbdullaCAfotografbot Barcha manbalar: championat.asia 27.04.2022
Qhipan willakuykunap
Qillqa 1 / 84 · 1,008 willakuy
Riqchachisqa 10 May
🔴 O‘zbekiston kubogi | “B” guruhi 1-tur yakunlariga ko‘ra guruhda dastlabki peshqadamlar aniq bo‘ldi. “Lochin” minimal hisobda “Lokomotiv”ni mag‘lub etgan bo‘lsa, “G‘azalkent” sermahsul bahsda “Dinamo”dan ustun keldi. https://t.me/AbdullaCAfotograf
Riqchachisqa 10 May
🔴 O‘zbekiston kubogi. 1-tur"Lochin" jamoasi "Lokomotiv"ni magʻlub etdi 🟢LOCHIN 1:0 LOKOMOTIV🔴 ⚽️Gol: Nodirbek Mukarov, 56 (1:0) https://t.me/AbdullaCAfotograf
Riqchachisqa 10 May
#Fakt Roʻziqul Berdiyev professional faoliyatidagi ilk golini “Yangiyer” jamoasi safida kiritgan. U o‘z debyut golini o‘yin yakuniga yaqin, 90-daqiqada “Paxtakor” darvozasiga yo‘llab, faoliyatiga unutilmas start bergan. https://t.me/AbdullaCAfotograf
Hashtags
Riqchachisqa 10 May
O‘tgan yili O‘zbekiston Kubogida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan "Lochin" bugun turnirdagi yangi yurishini boshlaydi. Jamoa o‘z maydonida, “Geolog” stadionida "Lokomotiv"ni qabul qiladi uchrashuv soat 17:00 da start oladi. https://t.me/AbdullaCAfotograf
Riqchachisqa 9 May
“Mash’al”dagi inqiroz tobora chuqurlashmoqda Superligada ortda qolgan 11 tur davomida muborakliklar birorta ham ochko qoʻlga kirita olmadi — 11 oʻyin, 11 magʻlubiyat. Jamoa nafaqat natija, balki oʻyin sifati borasida ham jiddiy savollar ostida qolmoqda. Gazchilarni muvaffaqiyatsiz seriyasi Oʻzbekiston kubogida ham davom etdi. “Mash’al” kubogning 1-turida Pro liga vakiliga Olimpik Mobiuz jamoasiga magʻlub boʻlib, muxlislar hafsalasini yanada pir qildi. Bir vaqtlar oʻz xarakteri va kurashi bilan tanilgan jamoa bugun maydonda mutlaqo boshqacha koʻrinmoqda. "Mashʼal" ruhiy bosim va natijasizlik girdobidan chiqa olmayapti jamoa uchun natijasiz oʻyinlar allaqachon oddiy holatga aylanib qolgan. Muxlis sabr qiladi, lekin sabrning ham chegarasi bor. “Mash’al” rahbariyati nihoyat javobgarlikni his qiladigan vaqt kelmadimikan? yana bir savol “Mash’al” bu inqirozdan qachon va qanday chiqadi? https://t.me/AbdullaCAfotograf
Riqchachisqa 9 May
🏆 AFC Asian Cup Saudi Arabia 2027 Qurʼa tashlash yakunlariga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz raqiblarini bilib oldi “B” guruhi 🇺🇿 O‘zbekiston 🇧🇭 Bahrayn 🇰🇵 KXDR 🇯🇴 Iordaniya O‘zbekiston uchun qiziqarli va murosasiz guruh shakllandi. Har bir raqib o‘ziga xos uslub va kuchga ega https://t.me/AbdullaCAfotograf
Riqchachisqa 9 May
Bugun Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan 2027-yilgi Osiyo kubogi qur’a tashlash marosimida terma jamoalar o‘z raqiblarini bilib oladi. Marosim Ar-Riyod shahrida Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi. O‘zbekiston milliy jamoasi esa qur’ada 1-savatchadan joy olgan. https://t.me/AbdullaCAfotograf
Riqchachisqa 9 May
🔴O‘zbekiston kubogi. 1-tur"Mashʼal" kubogda Pro liga ishtirokchisiga magʻlub boʻldi 🔴OLIMPIK MOBIUZ 3:1 MASH'AL 🔵 ⚽️Gollar: Joʻrabek Joʻrayev, 14 (1:0), Asan Vaniyev, 16 (1:1), Muhammaddiyor Ma’rifaliyev, 45 (2:1), Joʻrabek Joʻrayev, 72 (3:1) 🟥 Mahmud Joʻraboyev, 90+3 (Mash’al) https://t.me/AbdullaCAfotograf
Riqchachisqa 8 May
CIES Football Observatory talqiniga koʻra, dunyoning 55 ta ligasi orasida bir klubda eng uzoq faoliyat olib borayotgan murabbiylar reytingi eʼlon qilindi. Ushbu nufuzli roʻyxatdan “Nasaf” bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev ham oʻrin oldi! Berdiyev 2012-yildan buyon “Nasaf”ni boshqarib kelmoqda va 14 yildan ortiq vaqt davomida klubga sodiq qolayotgan murabbiy sifatida dunyodagi eng barqaror mutaxassislar qatoridan joy oldi. Roʻziqul Berdiyev reytingda Diego Simeone va Pep Gvardiola kabi mashhur murabbiylar bilan bir safda qayd etilgan https://t.me/AbdullaCAfotograf
Riqchachisqa 6 May
"Nasaf" muxlislari uchun ajoyib yangilik "Nasaf" oʻz uyiga qaytmoqda 16-may kuni Oʻzbekiston kubogi 1-tur doirasida boʻlib oʻtadigan "Nasaf" - "Havokand" uchrashuvi Qarshidagi "Markaziy" stadionda oʻtkazilishi kutilmoqda https://t.me/AbdullaCAfotograf
Riqchachisqa 6 May
⚽️⚽️ Proliga. 7-tur uchrashuvlari yakunlandi. Bellashuvlardan so'ng musobaqa jadvali yuqori koʻrinishda https://t.me/AbdullaCAfotograf
Riqchachisqa 5 May
⚽️⚽️Proliga. 7-tur"Sho'rtan" o'z maydonida g'alaba qozondi "Lochin" esa safarda durang o'ynadi 🔵 SHO‘RTAN 2:0 PAXTAKOR FJ 🟡 ⚽️Gollar: Behro‘z Saidmurodov, 25 avtogol (1:0), Bekzod Suvonov, 46 (2:0) 🟢RESPUBLIKA FA 0:0 LOCHIN🟢 🟥 Sherali Rasulov, 90+1 (Lochin) https://t.me/AbdullaCAfotograf