TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kanal listaman kutiy
Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari avatar

TGINSIGHT CHAT

Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari

@afishauzb

Humor and entertainment

Premyeralar, konsertlar, tadbir e’lonlari, yangilik va boshqa ko'pgina qiziqarli ma’lumotlar. Tahririyat: @AfishauzFeedbackBot +998 78-555-80-90 [email protected] Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39

Qatiqkuna9,440Kunan qatiqkuna
Qatisqa willakuykunap1,005Yupasqa willakuykunap
Kay p'unchaw chayasqa12,641Kay p'unchaw qhawasqakunap
Qhipan willakuykunap

Qhipan willakuykunap

Qillqa 1 / 84 · 1,005 willakuy

Riqchachisqa 19 Abr

Teplo Market 📍FoodMall 📅 18-19-aprel “Teplo Market” hunarmandchilik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada 60 dan ortiq ishtirokchi uy va dekoratsiya, kiyim-kechak va aksessuarlar, zargarlik buyumlari, kosmetika, oziq-ovqat mahsulotlari, kitob va daftar kabi turli yoʻnalishlar bo‘yicha o‘z ishi va mahsulotlarini namoyish etadi. Ushbu yarmarkaning oʻziga xos elementi tashrif buyuruvchilar turli faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishgan ayollarning hikoyalari bilan tanishishlari mumkin boʻlgan fotokoʻrgazma boʻladi. 💳 Kirish barcha uchun bepul. Telegram | Instagram | YouTube

435 views

Riqchachisqa 19 Abr

“Buloqsuv daraxtlari raqsi” koʻrgazmasi 📍Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyi 📅 19-aprelgacha Rassom Ildar Fatxulinning “Buloqsuv daraxtlari raqsi” nomli shaxsiy koʻrgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Koʻrgazmada musavvirning turli yillarda ishlagan 60 ga yaqin asarlar namoyish qilindi. Ildar Fatxulin — 1956-yil 26-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan. Rassomning juda koʻp ishlari respublikamizning muzey va galereyalarida hamda chet el shaxsiy kollektsiyalarida saqlanadi. 2000-2014-yillarda Chexiya Respublikasida yashagan rassom Oʻzbekiston va Chexiya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlash hamda Chexiya va Oʻzbekiston madaniyatini turli mamlakatlarda ommalashtirish uchun koʻp ishlarni amalga oshirdi. Rassomning ijodi oʻziga xos boʻlib, u qalin oʻrmonlar, cheksiz daraxtlarni kezadi va ularni polotnolarga koʻchiradi. 💳 Kirish barcha uchun bepul. Telegram | Instagram | YouTube

656 views

Riqchachisqa 18 Abr

Yangi Toshkentda uch qavatdan iborat metro bekati qurilmoqda. Yangi Toshkentda noodatiy metro bekati qurilishi boshlandi — bu shunchaki bekat emas, balki bir necha bosqichli to‘laqonli transport uzeli bo‘ladi. Loyiha 5 gektar maydonda amalga oshiriladi va qurilishning umumiy maydoni taxminan 20 000 kvadrat metrni tashkil etadi. Ishga tushirilgandan so‘ng bu yerda 50−55 ta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Batafsil: https://www.afisha.uz/uz/gorod/2026/04/17/yangi-metro Telegram | Instagram | YouTube

1,120 views

Riqchachisqa 18 Abr

2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Chery jahon bozorida barqaror o‘sishni namoyish etishda davom etmoqda. Mart oyida global savdolar 240 678 ta avtomobilga yetdi, birinchi chorak yakunida esa umumiy hajm 601 712 donani tashkil etdi (reklama). https://www.afisha.uz/uz/gorod/2026/04/18/chery

1,100 views

Riqchachisqa 18 Abr

L'One 📍“Oʻzbekiston” davlat tennis klubi 📅 18-aprel, 19:00 L’One (Levan Gorozia)ning yakkaxon konserti boʻlib oʻtadi. L’One — rossiyalik rep ijrochisi. Haqiqiy ismi Levan Goroziya. 2010-yillarda mashhurlikka erishdi. Avval Black Star studiyasining san’atkori bo‘lgan, keyinchalik mustaqil yakkaxon karerasini boshlagan. Uning musiqasi hayot, yo‘l, tanlov, ruhlanish va shaxsiy kechinmalar haqidagi lirikaga ega hip-hop janrida. Uning eng mashhur qo‘shiqlari qatoriga “Океан”, “Все или ничего”, Якутяночка, “Самая простая песня”, “Тигр”, “Будущее где-то рядом”, “Сон” kabilar kiradi. 💳 Chipta narxi 300 000 soʻmdan 1 000 000 soʻmgacha. Telegram | Instagram | YouTube

1,130 views

Riqchachisqa 18 Abr

Tashkent City'da Bollywood Show 📍Tashkent City bogʻi 📅 18-aprel, 20:00 Bollywood Show boʻlib oʻtadi. Tashrif buyuruvchilarni jo‘shqin raqslar va hind qoʻshiqlaridan iborat shou dastur kutmoqda. 💳 Kirish barcha uchun bepul. Telegram | Instagram | YouTube

1,280 views

Riqchachisqa 18 Abr

Toshkentning qoq markazida joylashgan Tashwell hamyonbop to‘lov variantlari bilan shahar hayotining qaynoq nuqtasida yashash imkoniyatini taqdim etadi. Tashwell ish, ijtimoiy hayot va sog‘lom turmush tarzi konsepsiyasini yagona manzilda birlashtiradi (reklama). https://www.afisha.uz/uz/gorod/2026/04/18/tashwell

1,180 views

Riqchachisqa 18 Abr

Teplo Market 📍FoodMall 📅 18-19-aprel “Teplo Market” hunarmandchilik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada 60 dan ortiq ishtirokchi uy va dekoratsiya, kiyim-kechak va aksessuarlar, zargarlik buyumlari, kosmetika, oziq-ovqat mahsulotlari, kitob va daftar kabi turli yoʻnalishlar bo‘yicha o‘z ishi va mahsulotlarini namoyish etadi. Ushbu yarmarkaning oʻziga xos elementi tashrif buyuruvchilar turli faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishgan ayollarning hikoyalari bilan tanishishlari mumkin boʻlgan fotokoʻrgazma boʻladi. 💳 Kirish barcha uchun bepul. Telegram | Instagram | YouTube

1,230 views

Riqchachisqa 18 Abr

Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari pinned a photo

views

Riqchachisqa 18 Abr

2026-yilgi mototsikl mavsumi ochilishi 📍“Milliy” (sobiq “Bunyodkor”) stadioni 📅 18-aprel, 10:00 Toshkentda mototurizm ixlosmandlarining 22-yigʻini — 2026-yilgi motomavsumning ochilishi bo‘lib o‘tadi. Dasturdan bayramona motokolonnaning shahar bo‘ylab harakatlanishi, mototanlovlar, baykerlar hamda xorijiy mehmonlar bilan uchrashuvlar, shuningdek, mototurizm ixlosmandlarining 22-yigʻini o‘rin olgan. 💳 Kirish barcha uchun bepul. Telegram | Instagram | YouTube

1,480 views

Riqchachisqa 17 Abr

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? Sakkizta kinopremyera, motosikl mavsumi ochilishi, Teplo Market, Yulduz Usmonova, L'one konsertlari, "Koʻngil", "Layli va Majnun", "Arshin mal-alan" spektakllari, "Buloqsuv daraxtlari raqsi", Van Gog ijodiga bagʻishlangan multimedia koʻrgazmalari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar. Afisha muharrirlari sizlarga eng yaxshi iventlarni bir joyga to'pladi: https://www.afisha.uz/uz/gorod/2026/04/17/18-19-aprel Telegram | Instagram | YouTube

1,640 views

Riqchachisqa 17 Abr

Dam olish kunlarida qanday ob-havo boʻlishi kutilmoqda? Shanba kuni kunduzi qisman bulutli boʻlishi kutilmoqda, yuqori harorat +19°C boʻladi. Kechasi esa ochiq osmon boʻlishi kutilmoqda, harorat +10°C boʻladi. Yakshanba kuni tushdan keyin qisman bulutli boʻlishi kutilmoqda, harorat +22°C boʻladi. Dushanba kuni kechqurun esa qisman bulutli boʻlib kutilmoqda, harorat +11°C boʻladi. Telegram | Instagram | YouTube

1,390 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
ÑawpaqQillqa 1 / 84Qhipan