TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Willakuy
Willakuy ukhu
Los-Anjelesda (AQSh) bo‘layotgan namoyishlar yuzasidan OAVlar tomonidan kelayotgan savollarga izoh: Hozirda mazkur namoyishlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ishtirok etgani to‘g‘risida hech qanday rasmiy tasdiqlangan maʼlumot kelib tushmadi. Shu bilan birga, AQShdagi barcha yurtdoshlarimizni ushbu mamlakatning amaldagi qonun-qoidalariga qatʼiy amal qilishga, tinchlik va xavfsizlikni buzishi mumkin bo‘lgan har qanday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqiramiz. O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari xorijdagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda davom etadi. Zarur hollarda fuqarolarimiz AQShdagi Elchixonamiz va Bosh konsulxonamizga murojaat qilishlari mumkin. @TIVmatbuot