Willakuy ukhu
AQShdagi O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga! So‘nggi kunlarda Amerika Qo'shma Shtatlari bo'ylab federal migratsiya organlari tomonidan kuchaytirilgan reydlar o‘tkazilmoqda. 📌 Tekshiruvlar jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratilmoqda: * Haydovchilik guvohnomalarining haqiqiyligi; * Hujjatlarning muddati va qonuniyligi; * Ish huquqi va migratsion maqom; * Haydovchilarning ingliz tilini bilish darajasi. AQSh hukumati noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirgani sababli federal yo‘llarda keng vakolatlar asosida faol reydlar o‘tkazilmoqda. Ba’zi ushlangan shaxslar bir nechta haydovchilik guvohnomasidan foydalanish yoki terrorizmga oid gumonlar bilan tilga olinmoqda. Hurmatli vatandoshlar! Yuqoridagi holatlarni inobatga olib, AQShda avtomobil boshqarayotgan fuqarolarimizdan quyidagilarga amal qilishlarini so‘raymiz: ✅ Hujjatlaringizni tartibga keltiring; ✅ Qonuniy maqomingizni tasdiqlovchi hujjatlarni o‘zingiz bilan olib yuring. ❗️ Shubhali yoki muammoli holatlar bo‘lsa, darhol O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat qiling. *** Attention to Citizens of Uzbekistan residing in the United States! In recent days, federal immigration authorities across the United States have intensified enforcement operations and inspections. 📌 During these inspections, special attention is being given to: * The authenticity of driver’s licenses; * The validity and legality of personal documents; * Work authorization and immigration status; * Drivers’ English-language proficiency. These measures come as the U.S. government has strengthened its efforts to combat illegal migration, resulting in more active operations on federal highways where authorities hold broad enforcement powers. Additionally, some detained individuals have been reported in connection with the use of multiple driver’s licenses or suspicions related to terrorism. Dear compatriots, In light of the circumstances described above, we urge all Uzbekistan citizens driving in the United States to strictly observe the following: ✅ Ensure that all your documents are valid and in proper order; ✅ Carry proof of your lawful immigration status at all times. ❗️ In the event of any suspicious or difficult situation, please promptly contact the diplomatic missions and consular offices of Uzbekistan in the United States. @TIVmatbuot