TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Willakuy
Willakuy ukhu
Apple Mac yetkazib berishni 9 foizga oshirib, 2026-yilda PK bozorini ortda qoldirdi💻 Yanvar–mart oylari davomida kompaniya 6,2 mln dona Mac yetkazib berdi (o‘tgan yilgi ko‘rsatkich 5,7 mln edi). Bu Apple’ga dunyodagi eng yirik shaxsiy kompyuter ishlab chiqaruvchilari orasida to‘rtinchi o‘rinni egallash imkonini berdi. Apple’ning yetkazib berish hajmi o‘sishi jahon PK bozorining umumiy o‘sishidan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi. Kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi bir yil ichida 8,9 foizdan 9,5 foizgacha ko‘tarildi. 📈