TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Qaraqalpaqstan Respublikası Transport ministrligi
Qaraqalpaqstan Respublikası Transport ministrligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #11323

@krmintrans

Qaraqalpaqstan Respublikası Transport ministrligi

Qhawasqakuna1,080Qhawasqa yupay
Riqchachisqa27 May27-05-2025, 01:13 p.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

#Press-tur ⚡️Qaraqalpaqstan Respublikası Transport ministrligi, Transport qadaǵalaw inspekciyası hám Qaraqalpaqstan Respublikası Avtomobil jolları bas basqarması menen birgelikte baspasóz konferenciyası hámde Press-tur shólkemlestirildi Baspasóz konferenciyasınan soń Press-tur dawamında jurnalistler mobil tárezi punktlerinde alıp barılıp atırǵan reyd ilajlarında qatnastı. Bul ilaj sheńberinde júk avtomobilleriniń belgilengen salmaq normalarına ámel etiw jaǵdayı qadaǵalanıp, transport qurallarınıń texnikalıq jaǵdayı hám qáwipsizlik talaplarına muwapıqlıǵı úyrenildi. Sonday-aq, Transport qadaǵalaw inspekciyası Avtomobil hám suw transportında qadaǵalaw Qaraqalpaqstan Respublikası aymaqlıq bólimi hám JPX inspektorları menen birgelikte reyd ilajları alıp barıldı. Jol háreketi qaǵıydalarında jolawshı tasıwǵa baylanıslı belgilengen talaplarǵa ámel etpey, belgilengen normalardı buzǵan aydawshılarǵa tiyisli shara kóriliwi boyınsha jurnalistler tárepinen jumıs proccesi kózden ótkerildi. Press-tur sheńberinde Húrmetli Prezidentimizdiń 2024-jıl 24-dekabr kúngi "2025 - 2027-jıllarda Ózbekstan Respublikasınıń sociallıq hám óndirislik infrastrukturasın rawajlandırıw ilajları haqqında"ǵı PQ-454-sanlı qararı tiykarında D234 (4R176) "Nókis-Shımbay-Taxtakópir" avtomobil jolınıń 6-7-kilometr bóleginde alıp barılıp atırǵan rekonstrukciya jumısları menen tikkeley tanıstı. Obektti kózden ótkeriw waqtında asfalt qaplamasınıń sapası, jol qurılısında qollanılıp atırǵan texnologiyalar hám normativlik hújjetlerge muwapıqlıǵı, laboratoriya sınaqları processleri haqqında hár tárepleme maǵlıwmatlar usınıldı. Bul ilajlar transport tarawında ashıq-aydınlıqtı támiyinlew, keń jámiyetshilikti jol infrastrukturasın rawajlandırıw baǵdarındaǵı jumıslar menen jaqınnan tanıstırıw, bar mashqalalardı ornında kórip shıǵıw hám olardı sheshiw jolların anıqlawda úlken áhmiyetke iye boldı. ———————————— #Press-tur ⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, Transport nazorati inspeksiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamkorligida matbuot anjumani hamda Press-tur tashkil etildi Matbuot anjumanidan so‘ng Press-tur davomida jurnalistlar mobil tarozi punktlarida olib borilayotgan reyd tadbirlarida ishtirok etdi. Mazkur tadbir doirasida yuk avtomobillarining belgilangan og‘irlik me’yorlariga rioya qilinishi holati nazorat qilinib, transport vositalarining texnik holati va xavfsizlik talablariga muvofiqligi o‘rganildi. Shuningdek, Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi va YPX inspektorlari bilan birgalikda reyd tadbirlari olib borildi. Yo‘l harakati qoidalarida yo‘lovchi tashishga oid belgilangan talablarga rioya etmasdan, belgilangan me’yorlarni buzgan haydovchilarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi yuzasidan jurnalistlar tomonidan ish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Press-tur doirasida Hurmatli Prezidentimizning 2024-yil 24-dekabr kungi "2025 — 2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish choralari to‘g‘risida"gi PQ-454-sonli qarori asosida D234 (4R176) “Nukus–Chimboy–Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lining 6–7-kilometr qismida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan bevosita tanishildi. Obyektni ko‘zdan kechirish chog‘ida asfalt qoplamasining sifati, yo‘l qurilishida qo‘llanilayotgan texnologiyalar va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi, laboratoriya sinovlari jarayonlari haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi. Ushbu tadbirlar transport sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, keng jamoatchilikni yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishtirish, mavjud muammolarni joyida ko‘rib chiqish va ularni hal etish yo‘llarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi. 📱Instagram |🌐sayt |✉️telegram |📱facebook|📱twitter