TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Qaraqalpaqstan Respublikası Transport ministrligi
Qaraqalpaqstan Respublikası Transport ministrligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #12570

@krmintrans

Qaraqalpaqstan Respublikası Transport ministrligi

Qhawasqakuna631Qhawasqa yupay
Riqchachisqa10 Dic10-12-2025, 05:05 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

Bugun — O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun Bugun milliy g‘ururimiz, istiqlolimiz timsoli — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 33-yilligi nishonlanmoqda. Madhiyaning har bir so‘zi butun O‘zbekiston ahlining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoati, xalqimizga xos mehmondo‘stlik, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini mujassam etgan. Har gal Madhiyamiz yangraganda, yuraklarda g‘urur jo‘sh uradi, ko‘zlarimizda yorug‘ kelajakka bo‘lgan ishonch uchqunlari chaqnaydi. Uning har bir satrida buyuk tariximiz, hurligimiz, yorqin istiqbolimiz mujassam. Barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaymiz, milliy madhiyamiz qudrati yanada yuksalib, dunyo bo‘ylab baralla yangrayversin!