Willakuy ukhu
Jamoat transporti - teng imkoniyatlar va inson qadri belgisi! 🚌 Nukus shahri jamoat transportining nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulayligi bo‘yicha O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi, Ijtimoiy Inspeksiya va Transport nazorati inspeksiyasi bilan birgalikda Jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazildi. 🔍 Nazorat tadbiri davomida jamoat avtobuslarida quyidagi sharoitlarning mavjudligi ko‘zdan kechirildi: 🔹 Panduslar va jihozlar: Avtobuslarda aravachalarda harakatlanadigan shaxslar uchun panduslarning soddaligi. 🔹 Maxsus joylar: Salonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan o‘rindiqlar va ularning belgilanishi. 🔹 Axborot muhiti: Eshitish va ko‘rish imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun bekatlarni e’lon qilish tizimi va axborot tablolari. 🔹 Haydovchilar madaniyati: Haydovchilarning imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalari. Maqsad: Shahar transportidan foydalanishda barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratish va "to‘siqsiz muhit" tamoyillarini hayotga tatbiq etish.