Willakuy ukhu
TopTal — eng zoʻr mutaxassislar uchun! Qaysidir maʼnoda afsonaga aylangan ushbu kompaniya haqida maʼlumot bermasak uyat boʻlar. TopTal (Top Talent) — “eng yaxshi isteʼdod” degan maʼnoni anglatadi. 2010-yilda tashkil etilgan Toptal Silikon vodiysidagi eng tez rivojlanayotgan va innovatsion kompaniyalardan biridir. Platformaga Taso Du Val va Breanden Beneschott tomonidan asos solingan. Tashkil etilganidan beri besh yildan kamroq vaqt ichida 80 000 000 AQSH dollari miqdoridagi yillik ish stavkasiga erishdi, bu esa Toptalning tez oʻsayotgani, mijozlar talabining ortib borayotganidan va kompaniya xizmatlarining tengsiz sifati va ishonchliligidan dalolat beradi. TopTalda frilanser bo'lib ish boshlash qiyin va raqobat kuchli. Bunga misol 2022-yilning oʻzida nomzodlardan 2mln 200mingdan ortiq ariza kelib tushgan. Nega frilanserlar va bizneslar TopTalni tanlashadi? Platformaning siri nimada? • Professionallik. Birinchi navbatda, kompaniya professionallardan tashkil topgan. Yaʼni, ular oʻz mijozlariga jiddiy qarashadi va ular xohlagan narsalarini olishlari uchun harakat qilishadi. Mijozlar bilan tuzilgan shartnomaga amal qilinishini taʼminlaydi va ishlarni yuqori sifatda yakunlashadi. • Yuqori malakali mutaxassislar. Albatta, kompaniya oʻzidan oʻzi rivojlanib qolmaydi. Uning rivojida mutaxassislarning oʻrni beqiyosdir. Shuning uchun kompaniya eng saralariga ega chiqishga harakat qiladi. • Moslashuvchanlik. Toptalning bu qadar ajoyib ekanligining yana bir sababi — moslashuvchanlik. Aksariyat kompaniyalar siz uchun jamoa yaratish va ishni bajarish uchun oylab, hatto yillab oladi. Biroq, bu Toptalda bunday emas. Aslida, platforma ishonchlilik va moslashuvchanlikni taklif etadi. Yarim kunlik yoki bir kunlik ish uchun ham frilanser yollay olasiz. Agarda platforma bilan ishlashni toʻxtatmoqchi boʻlsangiz ham hech qanday muammo kuzatilmaydi. • Yirik loyihalar. Kompaniya toʻgʻridan toʻgʻri katta kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi. Udemy, Shopify, Duolingo shular jumlasidandir. Portfolioyingiz uchun yaxshiga oʻsish boʻladi. • Yuqori maosh. Platforma sizning bilimingiz va tajribangizga mos ravishda maosh taklif qiladi. Oʻrtacha ish haqi soatiga 60dan 250 dollargacha. Ha, aytgancha, platformada oʻzbekistonlik mutaxassislar ham faoliyat yuritishadi. Agar ular uddalay olgan boʻlsa, siz ham buni eplaysiz. Keyingi postlarimizda TopTalda frilanser bo'lib ish boshlash haqida ma'lumotlar beramiz. ⠀ Telegram | Instagram | Youtube