Willakuy ukhu
Android haqida Uzoq o'tmishda, hali smartfon atamasi paydo bo'lmagan, Apple birinchi Iphone telefonini ishlab chiqarmagan va IOS operatsion sistemasini taqdim qilmagan yillarda Rich Miner, Nick Sears, Chris White, Andy Rubin (2003-yil) Kaliforniyada androidlar erasini boshlab berdi. Dastlab Android OS raqamli kameralar uchun taqdim qilingandi, lekin ishonch oqlanmadi. O'sha paytda raqamli kameralar bozori pasayib borayotgan edi. Bir necha oy o'tgach, Android Inc mobil telefonlarda operatsion tizimdan foydalanishga o'tdi. 2005-yilda Androidni Google sotib oldi va hammasi o'zgardi. O'sha paytga kelib kompaniya Androidni mobil telefonlar uchun ishlatishni boshladi. Bu qilingan sarmoya Google 'ga misli ko'rilmagan foyda olib kela boshladi. Endi ular bu operatsion sistema yaxshi daromad olib kelishini anglashdi va dasturlar ishlab chiqara boshladi. Android asoschilaridan Rubin 2013-yilgacha jamoa rahbari sifatida qoldi. 2014-yilda butunlay kompaniyani tark etdi. Android operatsion sistemasining qulayliklari: • Ochiq ekotizim • Innovatsiyalar bozorga tezroq yetib boradi • Moslashuvchanlik • Rivojlanish yuqori • Tezkorlik Texnika taraqqiylashib borgani sari Android operatsion sistemasiga bo'lgan talab ham oshib bormoqda. Statistika ma'lumotlariga qaraganda dunyoda 26,9 million mobil dasturchi bor. 190ta davlat aholisi, qariyb 2,5 milliard aholi faol tarzda Android qurilmalaridan foydalanib keladi. Ushbu postni Android operatsion tizimiga qiziqadigan do'stlaringizga yuborib qo'yishni unutmang! ⠀ Telegram | Instagram | Youtube