Willakuy ukhu
Toptalga kirish qiyin(mi?) TopTal haqidagi postimizdan keyin unga kirish qiyin yoki qiyin emasligi to'grisidagi savollar ko'paydi. Albattada, axir LinkedIn foydalanuvchilarning yozib qoldirgan "qo'rqinchli" fikrlariga to'la. Shuning uchun ham biz TopTalga kirish bosqichlari haqida post tayyorlashga harakat qildik. Toptal tizimiga ruxsat olish uchun ariza berish uzoq vaqt talab qilishiga qaramay, har oy minglab odamlar sinab ko'rishadi. Toptalda ishga joylashish uchun frilanserlar bir qator imtihonlardan o'tishlari kerak, jumladan, til imtihonlari, ko'nikmalarni ko'rib chiqish, jonli skrining va sinov loyihalari. Toptal tizimiga ruxsat olish uchun ariza berish uzoq vaqt talab qilishiga qaramay, har oy minglab odamlar sinab ko'rishadi. 1-bosqich. Video suhbat Video suhbati ingliz tilini bilish darajasini, shuningdek tushunish va boshqalar tomonidan tushunilishi qobiliyatini baholash uchun ishlatiladi. Intervyu oluvchi murojaat etuvchining ko'nikmalarini, masalan, suhbatdosh bilan samarali muloqot qilish qobiliyatini baholaydi. Intervyu jarayonida ekspertlar nomzodlarning o'zini tutushi, shaxsiy firklari, haraktlarini ham o'rganishadi. 2-bosqich. Onlayn test Nomzodga ma'lum bir vaqt oralig'ida (odatda 30 ish soatida) bajarish uchun haqiqiy loyiha namunasi beriladi. Ushbu testdan asosiy maqsad nomzodlarning muammolarga yechim topishda qanday usullardan foydalanishini sinovdan o'tkazishdan iborat. Qisqa qilib aytganda bo'lajak frilanserlarning aqliy darajasini tekshirishdir. 3-bosqich. Kod yozish Bunda nazoratchilar jonli ravishda sizni kuzatishadi. Ma'lum bir vaqtda bajarishingiz uchun vazifa beriladi. Vazifani qanchalik aniqlik, tezlik bilan hal qilsangiz va muammolarni hal qilishda ijodkorligingizni ishga solsangiz, albatta bu bosqichdan ham o'ta olasiz. 4-bosqich. Real loyiha Oxirgi bosqichga o'tish, u sinov loyihasini qurishdan iborat. Sinov loyihasi - bu dasturchi sifatida haqiqiy kodlash qobiliyatingizni ko'rsatish imkoniyatidir. Frontend va backend bilimlaringiz qay darajada ekanligini baholovchi imtihon. Bunda asosiysi loyihangizni chiroyli taqdim qila olishdir. ⠀ Esingizda bo'lsa Azizbek Jonibekovning TopTal bilan bo'lgan interyusi haqidagi maqolani joylagan edik. O'sha jarayonni his qilmoqchi bo'lsangiz maqolani o'qib chiqishingizni tavsiya qilamiz. Telegram | Instagram | Youtube