TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MohirDev.uz
MohirDev.uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #1315

@mohirdev

MohirDev.uz

Qhawasqakuna4,770Qhawasqa yupay
Riqchachisqa20 Oct20-10-2022, 01:09 p.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

Project Manager vs Product Manager Bu ikkala kasb egalari odatda birga ishlashsada, ularning vazifalar farqli. Product Manager (Mahsulot menejer) bir mahsulotni rivojlanishi, o'sishiga to'liq javob bersa, Project Manager (Loyiha menejer) esa bir yoki bir nechta loyihalarni boshlab, uni tugatishga ma'sul bo'ladi. Shu sababdan, product managerlarni strategik fikrlovchi deb, project managerlarni esa ishlarni bajaruvchi deyishimiz mumkin. Avvalo product (mahsulot) va project (loyiha) ning o'zi nima ekanligini aniqlashtirib olaylik Product (mahsulot) bu kompaniyalar o'z mijozlariga taqdim etadigan har qanday narsa yoki servisdir. Mahsulot fizik narsalar (misol, kiyimlar) yoki raqamli ko'rinishda (misol, dastur, sayt) bo'lishi mumkin. Project (loyiha) esa natijaga olib keladigan topshiriqlar jamlanmasidir. Loyihaning maqsadi mahsulot yaratish yoki uni yangilash bo'lishi mumkin. Masalan, uy qurish yoki mobil dastur yangi versiyasini chiqarish. Loyiha menejerining vazifalari quyidagi vazifalardan iborat: - Mahsulot bo'yicha ekspert bo'lishi, mijozlarning ehtiyojlarini bilish, iste'molchi uchun qaysi mahsulot qulay bo'lishini tushunish; - Muammoni raqobatchilar qanday hal qilyapti, va ularni aniqlash; - Ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish, kerakli ma'lumotlarni to'plash; - Testlash. Muvaffaqiyatli yechimlarni taklif qilishdan tashqari, ularni qisqa vaqt ichida sinab ko'rish; - Iste'molchiar mahsulotdan nega voz kechishmoqda, sabablarini aniqlash. Avvalgi maqolamizda loyiha menejerlarining vazifalariga to'xtalgan edik. @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi