TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MohirDev.uz
MohirDev.uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #1316

@mohirdev

MohirDev.uz

Qhawasqakuna6,630Qhawasqa yupay
Riqchachisqa20 Oct20-10-2022, 04:12 p.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

Product va Project Management bo'yicha suhbat Hozirda talab oshib borayotgan ikki soha haqida suhbat tashkillashtirishga qaror qildik. Suhbatda Amazon, DHL, xITee, OSON kabi kompaniyalarda ishlagan, hozirda Applied Labs'da Senior Project Manager sifatida faoliyat yuritayotgan Abdulla Xaydarov va hozirda Hamkorbank'da Product Owner lavozimida ishlab kelayotgan Temur Ibroximovlar ishtirok etishadi. Temur Ibroximov Top Contact, Express24 kompaniyalarda ishlagan va Avtoelon.uz saytini O'zbekiston bozoriga kirib kelishida Country Manager sifatida ishtirok etgan. Jonli ovozli suhbat davomida bu ikki sohaning o'xshash va farqli taraflari, nima uchun biznes uchun muhimligi, qanday qilib o'rganishni boshlash mumkinligi, O'zbekistondagi bu sohalarga talab qanday ekanligi kabi mavzularga to'xtalinadi. Suhbat @mohirdev telegram kanalida ertaga soat 20:00 da bo'lib o'tadi. O'tkazib yubormang