Willakuy ukhu
Product va Project Managerlar nima uchun muhim Avvalgi postlarda ularning kimligi va vazifalari haqida aytib o'tdik. Bu gal ularning biznesda tutgan o'rni haqida gaplashamiz. Project manager biznes uchun muhimmi? - Loyihani real rejalashtirish uchun loyiha menejerlari juda muhim. Ko'pincha tashkilotlar o'zlarini ortiqcha baholab, natijaga tez erishamiz deb o'ylashadi. Mohir loyiha menejeri esa, vaqt, budjet va aniq maqsadlarni hisobga olib jarayonga real yondashadi. - "Kasalni davolagandan ko'ra, uning oldini olish muhim". Loyihani boshqarish - bu kerakli odamlarga, to'g'ri vaqtda, aniq vazifalarni bajarishda yordam beruvchi faol jarayon. Agar loyiha boshqaruvining aniq belgilangan usuli bo'lmasa, jamoa faolligi tushib ketadi, muammolar paydo bo'lmasidan oldini olish o'rniga, ular paydo bo'lganidan so'ng hal qilishga to'g'ri keladi. - Sifat nazorati. Jamoa vazifani o'z vaqtida va budjetga asoslanib tugatish uchun bosim ostida shoshilinch ishlaydi. Bu esa sifatga ta'sir qiladi. Shu yerda loyiha menejeri yordamga keladi. Ular sifat standartlari ustidan nazorat qilishadi. Shu jumladan, loyiha menejerlari to'g'ri rejalar tuzish orqali, harajatlarni tejashga yordam berishadi. Product managerining biznesdagi o'rni - Mijozlar odatda o'zlari xohlagan narsasini aniq va oson ifoda etisha olmaydi. Mahsulot menejerlari esa turli xil so'rovnomalar yoki tajribalar orqali ularning aynan nima xohlayotganini aniqlashadi. Mahsulotga auditoriyadan kelib chiqib to'g'ri narx belgilashadi. - Bozor takliflarga to'la bo'lishi mumkin, mahsulot menejeri esa mijozlarni variantlar orasidan biznesning mahsulotini tanlashlari uchun bosh qotiradi. - U budjet, vaqt va cheklovlarni muvozanatga keltiruvchi aniq strategik rejalarni ishlab chiqadi. Kuchli mahsulot menejerlari muvaffaqiyat haqida aniq tasavvurga va u yerga qaysi yo'l bilan borish haqida amaliy tushunchaga ega. Dunyo shunday mutaxassislarga muhtoj. @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi