Willakuy ukhu
Nima uchun Android dasturlash?⠀ So'nggi o'n yil ichida smartfonlar bizning dunyomizda texnologik inqilob qildi. Bugunda iste'molchilar smartfonlardan har qachongidan ham ko'proq foydalanmoqda. Statistika ma'lumotlariga qaraganda dunyoda 3 milliardan ortiq faol android qurilmasi mavjud. Ko'rinib turganidek talab oshib borgani sari, android dasturchilariga ham ehtiyoj tobora ko'paymoqda. Avvalgi postimizda bu haqida eslab o'tgan edik. Xo'sh, ular qanday dasturlash tilidan foydalanishadi? Dasturlashga qiziquvchilar Kotlin haqida eshitgan bo'lsa kerak. Boshlanishiga kamchilik foydalangan til, 2017-yilda Google Kotlinni qo'llab-quvvatlashini e'lon qilganidan so'ng, mashhurlikka erisha boshladi. O'shandan beri unga qiziqish ortib bordi va ilova ishlab chiquvchilarning 72 foizi Kotlindan foydalanishga o'tdi. Kotlinning afzallklari Kotlin mobil ilovalarni ishlab chiqishda kodni o‘qish soddalashtirish xususiyatidan taqdim etishdan tashqari, Java’ga nisbatan (biroz keyinroq chuqurroq gaplashamiz) afzalliklari bilan ajralib turadi. • Java bilan tez chiqishadi. Kotlinning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, u Java tili sintaksisi bilan toʻliq oʻzaro ishlashga moʻljallangan. Ya'ni, Javada yozilgan mavjud kod bazasi Kotlin bilan to'g'ridan tog'ri moslashadi. • O'rganish oson. Sintaksisning soddaligi sizga ko'p imkon beradi. Dasturlashni tilini endi o'rganuvchilar uchun Kotlin maslahat beriladi. Bundan tashqari, u ochiq manba bo'lganligi sababli, Kotlin hamjamiyatining qo'llab-quvvatlash xizmatlaridan foydalinishda muammo bo'lmaydi. • Vaqtni tejaydi. Kotlinning kuchli tomonlaridan biri shundaki, u ortiqcha kodlardan voz kechadi, shuningdek, ixcham bo'lib, kod yozish jarayonini sezilarli darajada optimallashtiradi va kodlardagi takrorlanishning oldini oladi. Ushbu postni androidga qizuvchi do'stlaringizga yuborishni unutmang! Telegram | Instagram | Youtube