TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MohirDev.uz
MohirDev.uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #1333

@mohirdev

MohirDev.uz

Qhawasqakuna5,510Qhawasqa yupay
Riqchachisqa24 Oct24-10-2022, 10:40 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

Siz bu xatolarni qilmang! Frilanserlikka birinchi marta qadam qoʻyganlar ish topa olmaslik, stress, doimiy charchoq, mijozlar bilan kelisha olmaslik kabi muammolarga duch kelishi mumkin. Ushbu post orqali “Qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkin?” degan savolga javob beramiz. Agar siz “yangi” boʻlsangiz, bu xatolarni qilmang: 1. Juda koʻp ish va mijoz olish. Haddan tashqari koʻp olingan ishlar frilanser uchun faqatgina zararga ishlaydi. • Belgilangan vaqtga amal qilmaslik • ishni chala qilish • Ishni ortga surish Bular sizga faqat yomon izohlar qabul qilishingizga olib keladi. Yomon izohlar ishsizlik degani. 2. Ishni arzonga baholash. Odatda yangi frilanserlar ishlarini kam narxga baholaydi va mijozlarni shu yoʻl bilan ushlab qolishga harakat qilishadi. Ha, ular qisman haq. Lekin, uzoqni marrani koʻzlagan boʻlsangiz, kam narx bilan emas, sifatli ish bilan mijozlar koʻngliga yoʻl toping. 3. Sogʻlikdan voz kechish. “Pul jigardan boʻlgan” degan safsataga amal qila koʻrmang. Siz ham insonsiz, salomatligingiz haqida qaygʻurishga haqlisiz. Juda koʻp ishlash doimiy charchoq va stressni keltirib chiqaradi. Har doim ham koʻp ish qilish koʻp daromad keltirmaydi. • Ish kuningizda kichik tanaffuslar qiling. Sayr qiling, sport bilan shugʻullaning, kayfiyatni koʻtaring. • Ovqatlanish ratsioniga amal qiling. • Doimiy kompyuter qarshisida oʻtirishdan chetlaning. 4. Sabr. Ish jarayonida yomon mijozlarga ham duch kelishingiz mumkin. Agar sabrli bo'lsangiz, tabriklaymiz, siz sinovdan o'tdingiz! 5. Sifat nazorati. Vazifalarda eʼtiborsizlikka yoʻl qoʻyishdan chetlaning. Har qanday ishni, hatto kichik vazifalarni ham, mukammal qilishga harakat qiling. Sifatli ish — yaxshi daromad. Ushbu maslahatlarga amal qilsangiz, oʻylaymizki, frilanserlikda muvaffaqiyat qozonishingiz oson boʻladi! ⠀ Telegram | Instagram | Youtube